Sirdaryoda qo‘l jangi bo‘yicha vazir kubogi
Guliston shahridagi "Alpomish" sport majmuasida FVV tizimidagi harbiy xizmatchilar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa qatnashchilari 8 ta vazn toifasida kurashdi. 4 ta vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, 57 kg vaznda Bunyodbek G‘ulomov (Sirdaryo), 67 kg vaznda Fayozbek Axmatov (Navoiy), 80 kg vaznda Feruzbek Bozorov (Navoiy) va 97 kg vaznda Botirjon Boymatov (Sirdaryo) birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev hamda favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjar Zuparov g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovg‘alarini topshirdi.




G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri