Sirdaryoda migratsiyadan qaytganlar biznes boşladi, iş örinlari yaratdi
Xorijda tajriba orttirib qaytgan sirdaryolik yoşlar öz Vatanida tadbirkorlikni rivojlantirmoqda. Ular çetda topgan sarmoya va bilimlarini yangi iş örinlari yaratişga yönaltirib, mahalliy iqtisodiyotga katta hissa qöşyapti.
Mirzaobodlik Temurbek Isayevni tadbirkorlikka qöl uriş istagi ançadan beri tark etmasdi. Biroq, tajriba va boşlanğiç sarmoya yetişmovçiligi uning yöliga ğov bölayotgan edi. Ilm va sarmoya izlab Rossiyaga işga bordi. Parrandaçilik korxonasiga işga joylaşdi. Uşbu soha sirlarini puxta örganişi barobarida biroz sarmoya ham jamğardi. Uy va oila soğinçi uni heç tinç qöymasdi. 10 yil davomida Rossiyada işlab topgan puliga yurtga kelib auksion orqali yer sotib oldi va oilaviy parrandaçilik fermasini oçdi. Uşbu möʼjaz majmuasida 2500 boş parrandani yiliga 6-martagaça almaşlab boqişni yölga qöydi. Oila aʼzolarini ham iş bilan taʼminladi. Tadbirkor bir oyda örtaça 20-30 million söm daromad körmoqda.
–Rossiyadan qaytib, kelib, oilaviy biznesimizni yölga qöydik, – deydi tadbirkor Temurbek Isayev. – Kelajakda yana fermamizni kengaytiriş niyatimiz bor. Özga yurtdan köra, öz yurtimda işlayotganimdan xursandman.
Bugun Sirdaryo viloyatining boşqa tumanlarida ham ana şunday taşabbuskor yoşlar safi kengaymoqda. Muhimi, ular çetdan malaka orttirib, öz yurtida turli yönalişlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Özlaridek yoşlarni jalb etib, yangi iş örinlarini yaratişmoqda. Jumladan, Sirdaryo tumanining “Oqibat” MFY hududida yaşovçi fuqaro Nodir Mullayev Rossiya Federatsiyasiga işga borib, avtomobillarga xizmat körsatiş yönalişini boşladi. Aka-ukalar buning uçun sarmoyani xorijda töplab qaytdilar.
–2021-yil 3 nafar akam bilan Rossiyaning Krasnoyarsk hududiga işga bordim, – deydi N.Mullayev. – U yerda çorvaçilik bilan şuğullandik. Ketişimizdan oldin til örgangandik. Bu orqali imkoniyatimiz kengaydi va yaxşi işladik. Vatanga qaytib imtiyozli kredit olib, özim yaşaydigan uy oldidan avtomobillarga serviz xizmat körsatiş şoxobçasini oçdim.
Şuningdek, hokim yordamçisi ham öz yordamini ayamadi. Uning kömagi bilan tadbirkor 100 million söm imtiyozli kredit olib, 4 ta ustaxonani işga tuşirdi va 6 nafar mahallaning işsiz yoşlarini iş bilan taʼminladi.
–Sirdaryo tumanida 2026-yilda migratsiyadan qaytganlar soni 3648 nafarni taşkil qiladi va ulardan 2700 nafardan ziyodi iş bilan taʼminlandi, – deydi Sirdaryo tuman kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi rahbari Nurali Mirzayev. – Şu jumladan “Oqibat” MFY hududida 89 nafar fuqaro xorijdan qaytdi. Migratsiyada 1000 dollardan kam maoş oladigan fuqarolar bilan gaplaşib, Özbekistonga qaytiş va tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlarni tuşuntirganimizdan söng, ular öz tadbirkorliklarini yölga qöymoqda.
Eʼtiborli jihati şundaki, xorijdan qaytgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş, ularning orttirgan tajribasi va malakasidan mahalliy iqtisodiyotda samarali foydalaniş ham tuman mutasaddilariga muhim vazifa sifatida belgilandi. Zero, xorijda mehnat qilib qaytgan inson — nafaqat iş tajribasiga ega böladi, balki yangi kasbiy könikmalar, zamonaviy iş uslublari va tadbirkorlik borasida muayyan bilimlarni egallagan salohiyatli kadr.
Ayrim fuqarolar çet davlatda işlab töplagan mablağlari asosida öz tadbirkorlik faoliyatini boşlayotgan bölsa, boşqalari egallagan kasbi va malakasi orqali yuqori daromadli iş örinlariga joylaşmoqda. Sirdaryo tumanida yaşovçi Alijon Abdualimov xorijda öqib, işlab, malaka va bilimga ega böldi. Endi esa xorijdagi bilimi va tajribasi asosida öz biznesini yölga qöydi.
Joriy yil boşidan buyon yurtimizga 1 million nafardan ziyod kişi qaytgan. Ularning orasida xorijda öqigan yoki sanoat, quriliş, logistika va xizmat körsatiş sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor.
Şu bilan birga, bugungi migratsiyada yurgan yoşlarimizga davlatimizda biror-bir işni yölga qöyişlari uçun katta imkoniyatlar yaratilgan. Xorijdagi munosib mehnat — mahalliy mehnat bozorida yangi imkoniyat, kasbiy tajriba, tadbirkorlik uçun mustahkam poydevor. Eng muhimi, insonlar öz uyida, oilasi bağrida. Zero, farzand tarbiyasi ham kelajakka qöyiladigan sarmoyaning bir muhim qismi.
Sanjar Toşpölatov,
Doniyor Yakubov,
Uluğbek Töxtayev,
ÖzA