Sirdaryoda kasaba uyuşmalari faoliyati eʼtirof etildi
11-noyabr — Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi qator korxona va taşkilotlarda bayram tadbirlari taşkil etildi. Ularda mehnat jamoalari, kasaba uyuşmalari faollari va soha faxriylari iştirok etişib, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar sarhisob qilindi.
Guliston şahridagi "Registon" tantanalar uyida agrosanoat majmui tizimida mehnat qilayotgan xodimlar iştirokida ötkazilgan bayram tadbirida Özbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika kengaşining Sirdaryo viloyati böyiça masʼul taşkilotçisi Inomjon Şakirov, viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari kengaşi raisi Rustambek Tursunmurodov hamda tarmoq Respublika kengaşi raisi örinbosari Erkin Boyniyozov qatnaşib, yiğilganlarni qutladi.
Tadbirda agrosanoat majmui xodimlarining mehnat va ijtimoiy huquqlarini taʼminlaş, ular uçun xavfsiz iş muhitini yaratiş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş borasidagi işlar xususida söz yuritildi. Yil davomida samarali faoliyat körsatib, soha rivojiga munosib hissa qöşgan xodimlar mehnati eʼtirof etildi. Şuningdek, anʼanaviy körik-tanlovlar ğoliblariga diplom va esdalik sovğalari topşirildi. Jumladan, mehnat muhofazasi va xavfsizligi böyiça jamoatçilik nazoratini taşkil etiş yuzasidan ötkazilgan Respublika körik-tanlovining «Eng yaxşi kasaba uyuşmasi qömitasi» nominatsiyasida «Indorama Agro» MÇJ boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi birinçi örinni egalladi. Ikkinçi örin esa viloyat Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi kasaba uyuşmasi qömitasiga nasib etdi.
— Xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonada kasaba uyuşmasi taşkil etiş va uning faoliyatini yölga qöyiş dastlab oson keçmadi, — deydi «Indorama Agro» MÇJ boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi raisi Şerzod Aliboyev. — Korxonamizda kasaba uyuşmasi 2021-yilda taşkil etilgan. Dastlab qömita aʼzosi sifatida faoliyat boşlagan bölsam, 2023-yilda boşlanğiç taşkilot raisi etib saylandim. Bugungi kunda xodimlarning mazmunli dam olişi, sport bilan şuğullanişi, soğlomlaştiriş tadbirlarida qatnaşişi, oromgohlarga yöllanmalar ajratiş va sayohatlar taşkil etiş tizimli yölga qöyilgan. Bu eʼtirof, avvalo, ahil jamoamizning birgalikdagi mehnati samarasidir.
Korxonada mehnat muhofazasi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Xodimlarni muntazam öqitiş, zarur himoya vositalari bilan taʼminlaş ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Bu maqsadlar uçun har bir xodim hisobiga örtaça 5 million 900 ming söm mablağ sarflanmoqda.
Bayram tadbirida soha rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan ikki nafar fidoyi xodim Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Faxriy yorliği bilan taqdirlandi.
[gallery-32433]
Şu kuni Guliston tibbiyot klasterida ham kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Unda Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi vakili Jahongir Ixtiyorov, Soğliqni saqlaş xodimlari kasaba uyuşmasi Sirdaryo viloyat kengaşi raisi Akbarxon Asqarovlar iştirok etişib, mehnat jamoasini qöşaloq bayram bilan tabriklaşdi.
Muloqot davomida tibbiyot xodimlarining mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qiliş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, kasaba uyuşmalarining bu boradagi örni xususida fikr almaşildi.
Klasterda xodimlarning nafaqat mehnat faoliyati, balki soğlom turmuş tarziga amal qilişi, sport bilan şuğullanişi uçun ham muntazam şaroit yaratilayotgani taʼkidlandi. Buning yaqqol misoli sifatida yaqinda ötkazilgan «Vazir va rais kubogi» musobaqasida tibbiyot klasteri jamoasining ğoliblikni qölga kiritgani eʼtirof etildi. Tadbir sönggida bir guruh faol xodimlarga esdalik sovğalari topşirildi.
Sirdaryo elektr stansiyasida taşkil etilgan bayram tadbirida esa elektr energiyasi işlab çiqarişdek masʼuliyatli jarayonda mehnat qilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş borasidagi işlarga eʼtibor qaratildi. 1 ming 200 nafar xodim faoliyat yuritayotgan korxonada kasaba uyuşmasi qömitasi mehnat munosabatlarini mustahkamlaş, işçi-xodimlarning manfaatlarini himoya qiliş va ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşda muhim örin tutadi.
Kamola Musayeva rahbarlik qilayotgan boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkiloti uçun joriy yil muvaffaqiyatlarga boy böldi. Jumladan, «Mehnat muhofazasini namunali taşkil etiş böyiça boşlanğiç taşkilot körik-tanlovi»ning respublika bosqiçida uçinçi, «Elektr energiyasi va yoqilği-energetika resurslarini tejaş» yönalişida esa ikkinçi örinni qölga kiritdi.
Tadbirda viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari kengaşi raisi korxona işçi-xodimlarini bayram bilan tabriklab, jamoaning mehnatdagi yutuqlari va kasaba uyuşmasi faoliyatini yuqori baholadi. Şundan söng xodimlar örtasida taşkil etilgan sport musobaqalari ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan «MMX PRO» MÇJ da ham bayram tadbiri taşkil etildi. Eʼtiborlisi, mazkur korxona Guliston şahrida ötkazilgan umumviloyat tadbirida bir yöla ikki nominatsiya — «Eng faol taşkilot» hamda «Yoşlar uçun eng köp iş örni yaratgan korxona» ğolibi deb topilgan edi.
Şu munosabat bilan korxonada ötkazilgan tadbirda viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari kengaşi raisi Rustambek Tursunmurodov korxona rahbariyatiga Faxriy yorliq va esdalik sovğalarini topşirdi.
Beş yildan buyon qop işlab çiqariş yönalişida faoliyat yuritayotgan korxona bugungi kunda 150 nafar kişini iş bilan taʼminlagan. Mahsulotlarning eksportga yönaltirilayotgani esa işlab çiqariş kölami kengayib, korxona salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi.
Korxona boşlanğiç kasaba uyuşmasi taşkiloti raisi Iroda Bulatova ham jamoada soğlom mehnat muhitini şakllantiriş, xodimlar örtasida hamjihatlikni mustahkamlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida faol iş olib bormoqda.
Darhaqiqat, kasaba uyuşmalari faoliyatining samarasi faqat ötkazilgan tadbirlar, berilgan mukofot va rağbatlantirişlar bilan emas, balki har bir xodimning mehnat joyida özini himoyalangan his qilişi, salomatligi va xavfsizligi taʼminlanişi, muammo va takliflari eʼtiborsiz qolmasligi bilan belgilanadi.
Sirdaryoda kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan ötkazilgan bayram tadbirlari ham ana şu ezgu maqsadlar yölida olib borilayotgan işlarning öziga xos sarhisobi böldi. Eʼtirof etilgan yutuqlar, taqdirlangan faollar va mehnat jamoalaridagi hamjihatlik esa inson qadri, mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qiliş doimo eʼtibor markazida bölişi lozimligini yana bir bor namoyon etdi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat), ÖzA