Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahri 1961 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan asrda barpo qilingan kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlari anchagina eskirib, 100 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan kentga mutlaqo mos kelmasdi.

Keyingi yillarda Guliston eniga va bo‘yiga o‘sdi, o‘z navbatida aholi soni ham ko‘paydi. Shu bois o‘tgan asrda qurilgan kanalizatsiya tizimi bugungi urbanizatsiya shiddatiga dosh berolmay qoladi va natijada ekologik muhit buziladi, odamlarning noroziligi va murojaatlarining soni yil sayin oshib bordi.  

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 27 fevraldagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Islom taraqqiyoti bankining 58 mln dollarlik kredit mablag‘lari hisobiga Guliston, Shirin va Yangiyer shaharlarida 3 ta oqova suv haydash inshootini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi. Bugungi kunda Shirin va Yangiyer shaharlaridagi oqova suv tozalash inshootlari to‘liq, Guliston shahridagi inshoot test rejimida ishga tushirildi.  

Natijada 140 ming aholining oqova suv ta’minoti yaxshilanib,  shaharning ekologik va sanitariya-epidemiologik holati talab darajasiga yetdi. Aholi salomatligi ko‘rsatkichlari yaxshilandi va turmush sharoitlari, kayfiyati  o‘zgardi. Tabiat va atrof-muhit zararlanishining oldi olindi.

Bugungi kunda hududda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 21 sentyabrdagi qarori asosida 76 mln dollarlik Jahon bankining kredit mablag‘lari hisobidan 2024-2027 yillar uchun mo‘ljallangan Sirdaryo, Guliston va Sayhunobod tumanlari va Yangiyer shahrida ichimlik suv ta’minotini hamda 5 ta tuman markazlarida oqova suv ta’minotini yaxshilash loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Boyovut, Oqoltin, Guliston, Sirdaryo va Sardoba tuman markazlarida  5 ta umumiy quvvati 16 700 m3/sutka oqova suv tozalash inshootlari, 232.2 km oqova suv tarmoqlari va 21 ta yangi oqova suv nasos stansiyalarini qurish ishlari olib boriladi.  

  Natijada, 76 ming aholi istiqomat qilayotgan ushbu hududlarning oqova suv tizimi hamda sanitariya-epidemiologik holati yaxshilanadi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/iP6XeqdZG44?si=yXA7BpmrfdIxvz_B" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov,Shahriyor Ortiqboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda ichimlik va oqova suv tarmoqlari yangilanmoqda (+video)