Sirdaryoda g‘alla o‘rimiga kirishildi
Joriy mavsumda Sirdaryo viloyatida 85 ming gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Mirishkor fermerlar davlat shartnomasi asosida 676 ming tonna don topshirishni reja qilishmoqda. Yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda sifatli o‘rib-yig‘ib olish maqsadida 128 ta otryad shakllantirilgan bo‘lib, mazkur otryadlarga 252 ta yuqori unumli kombayn va 850 ta yuk avtomobili biriktirildi.
Bugun Sardoba tumani dalalarida g‘alla o‘rimiga kirishildi. Unda sektorlar rahbarlari, mas’ul tashkilot va korxonalar vakillari, fermerlar va nuroniylar ishtirok etdi. Yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, elimiz farovonligi, dehqonchiligimiz barakasini tilab, duolar qilishdi.


Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari