Sirdaryoda viloyat hokimi Gʻofirjon Mirzayevning tashabbusi bilan “Navroʻz” umuvxalq bayrami hamda 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan “Biz birgamiz” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

Shu munosabat bilan, viloyat va Guliston shahar hokimlari oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari va boshqa hamkor tashkilot vakillari bilan birgalikda Guliston shahrida yashovchi kam taʼminlangan va yashash sharoiti ogʻir boʻlgan fuqarolar holidan xabar olindi.

– Yurtimizda koronavirus pandemiyasi taraqalishini oldini olish hamda aholiga yana-da qulaylik yaratish maqsadida, viloyatimiz boʻylab uyma-uy yurib kam taʼminlangan oilalarning xonadonlariga kirib, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalari tarqatilmoqda, – deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Otabek Nosirov. – Ushbu “Biz birgamiz” aksiyasi viloyatning barcha tuman va shaharlari boʻylab keng quloch yoymoqda.

Darhaqiqat, viloyat miqyosida oʻtkazilagan “Biz birgamiz” aksiyasi eng chekka tuman Sardobada ham tashkil etildi.

– Tumanda 500 dan ortiq kam taʼminlangan oilalarning xolidan xabar olinib, ularning sharoitlari oʻrganildi, – deydi Sardoba tumani mahalla va oilani qoʻllab-quvatlash boʻlimi boshligʻi, tuman hokimi oʻrinbosari Akbar Norbekov. – “Biz birgamiz” aksiyasi doirasida toʻrtta sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 30 dan ortiq kam taʼminlangan oila xonadorlarida boʻlib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena vositalari tarqatildi. Shuningdek, ushbu oilalarning ehtiyojiga qarab, eshik, deraza-romlari va boshqa qurilish materiallari yetkazib berilib, yakka-yolgʻiz qariyalar, ehtiyojmandlarning uylarida taʼmirlash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

– Guliston shahar OʻzLiDep kengashi deputati, saxovatpesha homiy, tadbirkor Bunyod Qambarov tomonida pandemiya vaqtida ijtimoiy koʻmakga muhtoj fuqarolarga moddiy yordam berish maqsadida bir bosh tuya, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar va koʻngillilar tomonidan esa boshqa tuman va shaharlardagi jami 24 masjidda 1 bosh qoramol va 23 bosh qoʻchqor qurbonlik qilindi, – deydi Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi Sirdaryo viloyat vakilligi kotibi Alisher Boʻribekov. – Ushbu masjidlarning barchasida Qurʼon tilovat qilinib, Allohdan barcha fuqarolarimizni koronavirus dardidan asrashini soʻrab duolar qilindi. Qurbonliq qilingan jonvorlarning goʻshti viloyatdagi kam taʼminlangan oilalarga uyma-uy yurib tarqatilmoqda.

Eʼtiborlisi, ushbu xayrli ishga viloyatning bir qator saxovatpesha rahbar va tadbirkorlari oʻz xohishi bilan qoʻshilmoqda.

Sirdaryo viloyatida “Biz birgamiz” aksiyasi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryoda bir bosh tuya, bir bosh qoramol va 23 ta qoʻchqor qurbonlik qilindi
Жамият
12:54 / 23:03:2020