Sirdaryoda avtomobil zavodi ochildi
Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, Sirdaryo tumanidagi yangi avtomobil zavodini ishga tushirdi.
Loyiha qiymati 390 million AQSH dollari bo‘lgan zavodning dastlabki ishga tushirilish bosqichida 500 ta, yakuniy bosqichda 5 000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu hududda aholi bandligini ta’minlash bilan bir qatorda, mahalliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilib, uning rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Zavodda asosan uchta YeXEED modeli yig‘iladi: ixcham krossover – LX, o‘rta o‘lchamli krossover – TXL va to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas – VX. Ushbu loyiha komponentlarni yig‘ish bosqichida (SKD) yiliga 20 000 tagacha va to‘liq ishlab chiqarish sikli bosqichida (CKD) yiliga 150 000 tagacha avtomobil ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.




Shuhrat SUYAROV, O‘zA