Sirdaryo xabarlari – qisqa satrlarda
Tadbirda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish – ulanishda ishchi-xodimlar ishini toʻgʻri tashkil qilish, belgilangan vazifalar ijrosini sifatli bajarilishi tizimda kelgusida muammolar kelib chiqishini oldini olishga xizmat qilishi tushintirildi.
Guliston shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28 sentabrdagi “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi qarori ijrosi doirasida hisoblagichlarni oʻrnatish va joriy etilgan tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan Sirdaryo viloyatida tashkil qilinishi boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi.
Tadbir “Sirdaryo HETK” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbirda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishni avtomatlashtirish – ulanishda ishchi-xodimlar ishini toʻgʻri tashkil qilish, belgilangan vazifalar ijrosini sifatli bajarilishi tizimda kelgusida muammolar kelib chiqishini oldini olishga xizmat qilishi tushintirildi.
Tizimning afzalliklarini jamoatchilikka yetkazish, bu boradagi amaliy koʻnikmalarni mustahkamlashdan iborat ekanligi taʼkidlandi.
* * *
Sirdaryo viloyatida “I CAN” robototexnika markazi tashkil etildi.
Markazdagi robototexnika kurslariga 5 yoshdan 18 yoshga boʻlgan yoshlarni oʻqitish koʻzda tutilgan.
Robototexnika darslarida oʻquvchilar mayda detallardan mustaqil ravishda robotlar yigʻish, ularni dasturlash va harakatlantirishni oʻrganadi. Taʼlim dasturi yetakchi mutaxassislar tomonidan tuzilgan boʻlib, “Bamblbe Zero”, Bamblbe One”, “STEM Enginering” va “Arduino” kabi bosqichlarga boʻlingan va oʻquvchilar shu dastur asosida oʻqitib boriladi.
Bundan tashqari, oʻquv markazida mental arifmetika (4-14yosh), ingliz va rus tili yoʻnalishlari boʻyicha ham malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi.
* * *
Guliston shahridagi “Dinamo” sport majmuasida ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari oʻrtasida qoʻl jangi boʻyicha viloyat birinchiligi oʻtkazildi.
Ushbu musobaqa xodimlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ular oʻrtasida sportning yakka kurash turlaridan qoʻl jangi sport turini yana-da ommalashtirish va rivojlantirish, yakkama-yakka olishuvlarda xodimlarning mahoratini oshirish hamda respublika bellashuvida ishtirok etadigan viloyat terma jamoasini shakllantirishdan iborat.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu musobaqaga Oʻzbekiston xuquqni muxofaza qiluvchi organlar qoʻl jangi federatsiyasi xalqaro toifadagi sport ustalari hakamlik qildi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari “Dinamo” sport majmuasi hamda hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandi.
* * *
Sirdaryo viloyati hududida “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonunning 6-moddasi talablari taʼsiri ostiga tushuvchi 3 ming 328 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan 1 ming 582 nafari belgilangan tartibda hujjat topshirgan boʻlib, shulardan 824 nafarining hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi IIV MvaFRBB tomonidan koʻrib chiqilgan va viloyat IIB MvaFRBga yuborilgan.
Viloyat IIB MvaFRB tomonidan ularni oʻrnatilgan tartibda fuqarolik pasporti bilan hujjatlashtirish uchun tegishli shahar-tuman IIB MvaFRBga yuborilib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berilishi toʻgʻrisida talabnoma shakllantirilib, 394 nafarining tayyor boʻlgan fuqarolik pasportlari oʻz egalariga topshirildi.