Sirdaryo xabarlari qisqa satrlarda
Tadbirda Sirdaryo tumanidagi “n” harbiy qism serjant va askarlarining koʻrgazmali chiqishlari ishtirokchilarining diqqat markazida boʻldi.
Sirdaryo viloyatida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi viloyat hamda Cayxunobod tuman kengashlarining tashabbusi bilan “Milliy armiyamiz – tinchligimizning mustahkam kafolatidir” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
Fargʻona va Andijon viloyatlarida muddatli harbiy xizmatdagi sayxunobodlik askarlarning ota-onalari farzandlari yigitlik burchini oʻtayotgan harbiy qism kutubxonasiga badiiy kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.
Tadbirda Sirdaryo tumanidagi “n” harbiy qism serjant va askarlarining koʻrgazmali chiqishlari ishtirokchilarining diqqat markazida boʻldi. Tumandagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining konsert dasturi kechaga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
* * * * *
Oʻz yurti, xalqi va vataniga sadoqat koʻrsatib, oʻz xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda mardlarcha halok boʻlgan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi quyi tizimi katta leytenanti A.Qodirberdiyevning xonadoni xizmatdoshlari bilan gavjum boʻldi.
Marhum A.Qodirberdiyevning matonati Davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan edi.
– Katta leytenant A.Qodirberdiyevni oʻz xizmat burchiga sodiq, kasbdoshlariga mehribon, namunali ustoz va mehnatsevar inson deb xotirlaymiz, – deydi uning hamkasbi va shogirdi leytenant B.Hamrayev.