Sirdaryo viloyatida elektr energiyasi iste’molchilari soni shu bugungi kunda 184 ming 295 ta bo‘lib, shundan 12 ming 815 tasi yuridik, 172 ming 480 tasi jismoniy iste’molchilarni tashkil etadi.
Xo‘sh, o‘tgan yili mazkur iste’molchilar qancha elektr energiyasini iste’mol qildi?
“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, “Sirdaryo HETK” AJ tomonidan o‘tgan 2020 yil davomida viloyatdagi elektr energiya iste’molchilariga jami 1 milliard 282.4 million kVt.s, shundan ulgurji iste’molchilarga 785.6 million kVt.s, aholi iste’molchilariga 496.8 million kVt.s elektr energiyasi yetkazib berilgan.


Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 8,1 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 2 ming 526 dona transformator punktlaridan foydalanilgan.
Elektr energiyasidagi uzilishlar favqulodda holat(avariyniy)lardan tashqari cheklovlar bo‘lmagan.
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA