Yurtimizda o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida Guliston shahrida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalda Sirdaryo viloyati hokimi, Akmaljon Mahmudaliyev hamda Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Rahimovalar so‘zga chiqib, mamlakatimizda, jumladan, Sirdaryoda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etdi. Bu yilgi yoshlar oyligida faqat konsertlar emas, kitobxonlik tanlovlari, shaxmat, futbol, mini-futbol kabi sport musobaqalari ham tashkil etildi. E’tiborlisi, ilk marta “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida kasblar tanlovi ham o‘tkazildi. Festivalda mazkur tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari, turli sohalarda o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yigit-qizlarga pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-12446]
Yoshlarning sevimli san’atkorlari Shoxruhxon, Sevinch Ismoilova, “Via marokand”, “Bojalar” va "Benom" guruhlari, taniqli boshlovchilarning chiqishlari, shuningdek, mushakbozlik yig‘ilganlarga o‘zgacha energiya va yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Festival yarim tungacha davom etdi.
Sh.Suyarov,
Sh. Ortiqboyev,(suratlar), O‘zA