Sirdaryo viloyati xokimi ovoz berdi
Sirdaryo viloyatida ham fuqarolar yurtimiz kelajagi uchun o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz bermoqda.
Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlarini kuzatdik. Sirdaryo viloyati hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev oila a’zolari bilan kelib ovoz berdi. Shundan so‘ng viloyat hokimi saylov uchastkasida nuroniylar, jamoatchilik vakillari va ilk marta ovoz berayotgan yoshlar bilan saylov jarayonlari haqida suhbatlashdi.
[gallery-12683]
– Munosib nomzodga ovoz berish kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizda demokratik tamoyillarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz, – dedi viloyat rahbari. – Buni, mas’uliyatni chuqur his etib, saylovda uyushqoqlik bilan qatnashayotgan yurtdoshlarimiz kayfiyatidan ham anglash mumkin.
Saylov jarayonlari viloyat hududlaridagi 288 ta saylov uchastkasining barchasida ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Sh.Suyarov, Sh.Ortiqboyev (surat), O‘zA