Yangiyer shahrida joylashgan “Yangiyer” podstansiyasida 40 MVA quvvatga ega yuqori kuchlanishli transformator muvaffaqiyatli ravishda ishga tushirildi.

Mazkur uskuna dastlab kuchlanish ostida 72 soat davomida faoliyat ko‘rsatdi. Sinov davrida transformatorning barcha texnik ko‘rsatkichlari, jumladan, harorat rejimlari, transformator moyining sathi, xavfsizlik tizimlari va boshqa muhandislik parametrlari monitoring qilindi.

Sinov natijalari ijobiy baholanganidan so‘ng, transformator amaldagi elektr tarmog‘iga ulandi. Bu yangilanish Yangiyer shahri hamda unga yaqin joylashgan aholi punktlarini uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

– Mazkur loyiha energetika infratuzilmasini yanada takomillashtirish, elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan muhim amaliy qadamlardan biridir, – deya ta’kidladi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali direktorining Yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Xolmurodov.  

***

Sardoba tumani sport maktabida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha oylik ustama haqlari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq muammo sud orqali hal etildi.

Sport maktabida hamshira bo‘lib ishlab kelayotgan Iroda Abdumusayeva 2025 yilning yanvar, fevral va mart oylari uchun Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-sonli qarori asosida to‘lanishi kerak bo‘lgan ustama pullarini ololmagan. U bu holatdan norozi bo‘lib, Sardoba tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.

Adliya organi murojaatni o‘rganib, sport maktabida monitoring o‘tkazdi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, haqiqatan ham mazkur qaror talablari buzilgani va ustamalar belgilangan muddatlarda to‘lanmagani aniqlandi.

Shundan so‘ng Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan Abdumusayevaning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oqoltin tumanlararo fuqarolik ishlari sudiga da’vo arizasi kiritildi. Sud da’voni qanoatlantirdi va sport maktabiga 5 014 075 so‘m miqdorida qarzdorlikni to‘lash majburiyatini yukladi.

Monitoring davomida yana 3 nafar tibbiyot xodimining ham ustama haqlari to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi. Ular – F. Usmonova, Sh. Yunusova va S. Dushanov.

Sud qarorlariga asosan, F. Usmonovaga  16 547 341 so‘m, Sh. Yunusovaga 10 028 150 so‘m, S. Dushanovga  14 680 874 so‘m miqdoridagi ustama va kompensatsiyalar to‘lab berilishi belgilandi.

***

15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasida “Farovon oila sari” konsepsiyasi doirasida “Yangi O‘zbekistonning ibratli bojxonachi oilasi” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlovda bojxona organlari xodimlari orasida mustahkam o‘rin egallagan, ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega, ahil va ibratli oilalar ishtirok etdi. Bellashuv ikki shart asosida o‘tkazilib, ishtirokchi oilalar videorolik va fotoalbomlar orqali o‘z oilaviy qadriyatlarini namoyon etdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan materiallar tanlov nizomi talablari asosida puxta tahlil etildi va baholandi. Qatnashchilarning chiqishlari ahillik, bag‘rikenglik, kasbga sadoqat hamda farzand tarbiyasidagi yutuqlar kabi mezonlar asosida baholandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Musurmonovlar oilasi g‘olib deb topildi va respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.  

***

Davlatimiz rahbarining 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2 million nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, 250 ming nafarini esa oliy ta’limga qamrab olish belgilangan.  

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka o‘qitish markazi”da “Hamshiralik” yo‘nalishida o‘quv kursi tashkil etilgandi.

[gallery-23315]

Ushbu kursda tahsil olgan 96 nafar xotin-qiz qisqa muddat ichida tibbiy sohada zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirdi. Ular nafaqat sohaga oid bilimga ega bo‘lishdi, balki faol va mustaqil fuqaro sifatida jamiyatda munosib o‘rin egallashga tayyor ekanliklarini namoyon etishdi. Quvonarlisi, kurs mashg‘ulotlari malakali mutaxassislar tomonidan olib borildi.

Bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi tuman madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Guliston tumani hokimining o‘rinbosari Matluba Xudoyberdiyeva, tuman “Oqila ayollar” kengashi raisi Dilbar Anorqulova hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda bitiruvchilarga "Hamshiralik" kursini tugatganlik to‘g‘risidagi diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda