Mirzaobod tumanidagi harbiy qism hududida Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirokida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa ishtirokchilari jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, jamoaviy hamjihatlik va vatanparvarlik ruhidagi sinovlarda o‘zaro kuch sinashdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda milliy g‘oya, harbiy-mafkuraviy bilimlar, yurtga muhabbat va mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, 1-o‘ringa Sirdaryo tumanidan tashrif buyurgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Mirzaobod tumani, 3-o‘rinni Guliston tumani yoshlari qo‘lga kiritishdi.

G‘olib deb topilgan Sirdaryo tumani o‘quvchi-yoshlari endilikda mazkur musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etib, Sirdaryo viloyati sharafini himoya qiladi.

***

Guliston davlat universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Guliston shahar kengashi hamkorligida “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan qayd etilganidek, korrupsiya har qanday davlat va jamiyat rivojiga jiddiy tahdid soladi. Bu illat adolat tizimini yemirib, fuqarolarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazadi, adolatga bo‘lgan ishonchni susaytiradi.

Ma’ruzalarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, Qonunchilik bazasi, xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Pora olish va berish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida aytib o‘tildi.

– Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat huquqiy choralar bilan cheklanmasligi kerak. U, avvalo, ong, madaniyat va tarbiya masalasidir. Bugungi kunda bizning asosiy vazifamiz – yoshlarda halollik, adolatparvarlik, javobgarlik va vijdonli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdir, – deya ta’kidladi “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat kengashi raisi Jamol Komilov.

– Guliston davlat universitetida o‘tkazilgan ushbu tadbir talabalar uchun shunchaki ma’ruza emas, balki hayot uchun muhim saboq bo‘ldi. Halol va vijdonli kadrlarsiz davlatning barqaror rivojlanishi mumkin emas,– deydi viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Q. Ahmadjonov. 

***

Sirdaryo viloyatida maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yana bir muhim qadam tashlandi. Sirdaryo tumanida olis qishloq hududlarida yashovchi bolalarga ta’lim va tarbiya berish hamda qulaylik yaratish maqsadida navbatdagi “Aqlvoy” avtobusi foydalanishga topshirildi. Oqoltin, Boyovut, Sardoba, Xovos tumanlariga keltirilgan “Aqlvoy” avtobuslari bilan hisoblaganda, ular soni 5 taga yetdi.

Mazkur avtobuslar Jahon banki mablag‘lari hisobidan xarid qilingan bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan viloyatga taqdim etilmoqda. Avtobuslar maxsus jihozlangan, o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan. Ularda kitoblar, o‘yin vositalari, rang-barang o‘quv qurollari va boshqa rivojlantiruvchi jihozlar mavjud.

“Aqlvoy” avtobuslari nafaqat transport vositasi, balki olis hududlarda yashovchi bolalar uchun zamonaviy ta’lim platformasi sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha orqali maktabgacha ta’lim sohasida barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– “Aqlvoy” avtobuslari maktabgacha ta’limni yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu loyiha orqali olis hududlardagi bolalar ham zamonaviy ta’limdan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘layapti, – deydi Sirdaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolboyeva. 

***

Sirdaryo viloyat Boyovut tumanida 108 nafar ishsiz va ehtiyojmand xotin-qizga zamonaviy tikuv mashinalari bepul tarqatildi. Bu sa’y-harakatlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirildi.

Mazkur loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, tuman hokimligi, IT park mas’ullari va mahalliy hokimiyat organlari hamkorligida yo‘lga qo‘yildi. Olib borilgan elektron xatlov natijalariga asosan ehtiyojmand, ishsiz, lekin mehnatga tayyor xotin-qizlar saralab olindi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimligi vakillari, soha mutaxassislari hamda mazkur xayriyadan bahramand bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

–Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishdagi katta qadam hisoblanadi. Zamonaviy tikuv mashinalarining topshirilishi ayollarga o‘z uylarida ish olib borish, oila bo‘yicha moliyaviy mustaqillikka erishish imkoniyatini beradi, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Mehriniso Eshonxonova.

– Bizning mehnat qilish istagimiz bor edi, ammo imkoniyat yetishmasdi. Endi esa o‘z uyimizda ish boshlash, farzandlarimizni boqish va oilamizga yordam berish imkoniga ega bo‘ldik,– deydi boyovutlik Nilufar Abdusalomova. 

***

Yangiyer shahridagi Davlatobod mahallasi hamda 1-,7- va 9-sonli umumta’lim maktablarida zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yurituvchi robototexnika to‘garaklari o‘z ishini boshladi.

Ushbu tashabbus Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga tashrifi chog‘ida bildirilgan taklif va topshiriqlar asosida amalga oshirildi.

Endi bolalar maktabdagi darslardan tashqari vaqtda robotlar yaratish, dasturlash va innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu nafaqat yoshlarda texnik ko‘nikmalarni shakllantiradi, balki ularning tafakkurini, ijodiy yechim topish qobiliyatini ham rivojlantiradi.

– Yoshlarni ilmiy-texnik faoliyatga jalb qilish – bu ularni kelajakning raqobatbardosh mutaxassisiga aylantirish demak. Robototexnika ularga nafaqat bilim, balki o‘z kuchiga ishonch ham beradi,–deydi robototexnika sohasi mutaxassisi Davron Tursunqulov. 

Viloyat rahbariyatining bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi esa kelajakda yurtimiz uchun bilimli, kreativ va zamonaviy tafakkurga ega yosh avlodni tarbiyalashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

[gallery-22817]

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda