🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jamiyat
Tanlaş
12:09 / 29.05.2024

Guliston shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston madaniy merosiga oid kitoblarni bepul olish uchun sertifikatlarni topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

“O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar: asrlar qa’ridan taralayotgan nur” deb nomlangan mazkur media tadbirda mamlakatimiz me’moriy yodgorliklaridagi bitiklar sirlarini ochib bergan 20 jildlik kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

* * *

Viloyatning Xovos tumanidagi Bo‘ston va Xovosobod mahallalarida, Boyovut tumanidagi “Istiqlol” va “U.Yusupov”, Sirdaryo tumanidagi “Quyosh” va “Istiqlol”, Oqoltin tumanidagi “Bo‘ston”, Mirzaobod tumanidagi “Bahoriston”, Guliston tumanidagi “Tajribakor”, Sayxunobod tumanidagi “O‘rikzor” MFYda, shuningdek, Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida onlayn xizmatlardan tez, oson va qulay foydalanish imkonini beruvchi interaktiv kioskalar o‘rnatildi.

Mazkur kioskalarda  aholi uchun 37 ta xizmat ko‘rsatiladi. Yil yakuniga qadar xizmatlar soni 70 taga yetkaziladi. Foydalaniladigan xizmat turlariga ma’lumotnomalar berish, hisobga qo‘yish, ijtimoiy himoya, litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish, notarial harakatlar kiradi.  

* * *

Mirzaobod tumanidagi yangi qurilgan 1000 o‘ringa mo‘ljallangan “Mirzaobod” jome masjidi mo‘min musulmonlar uchun foydalanishga topshirildi.

Shu bilan Sirdaryo viloyatidagi masjidlar soni 79 taga yetdi. Xalqimiz mo‘min- musulmonlari uchun foydalanishga topshirilgan yangi masjid binosi 2023-2024 yillar davomida hashar yo‘li bilan homiylar ko‘magida qurib bitkazildi.  

Tadbirda masjid qurilishida jonbozlik ko‘rsatgan barcha saxovatpeshalarga minnatdorlik bildirildi. Yurtimiz tinchligi, xalqimizning birdamligi va farovonligini yaratgandan so‘rab duolar qilindi  

* * *

Sirdaryo viloyatida joylashgan  harbiy qismda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarini kvota asosida respublika oliy ta’lim muassasalariga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga muvofiq, harbiy qism harbiy xizmatchilarining bir guruh farzandlariga respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.  

Sh.Suyarov,

O‘zA muxbiri

Muallif: shuhratsuyarov