Hokim murojaatlar bilan tanishdi

Guliston shaharida Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Unda 30 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi. Murojaatlarning asosiy qismini olingan kredit muddatini uzaytirish, davlat mulkini xarid qilish uchun kredit rasmiylashtirish, qarzdorlikni undirish, kadastr, subsidiya va moddiy yordam kabi masalalar tashkil etdi. Qayd etilishicha, 15 ta murojaat ijobiy hal etilgan bo‘lib, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan 9 ta murojaat yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, tuman va shahar hokimliklari vakolati doirasidagi ayrim masalalar, qonun doirasida yechim topish uchun hududlarga yo‘naltirilib, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro nizoli holatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Yangiyerda yangi maskanlar barpo etildi 

“Abdurahmon Jomiy” mahallasida zamonaviy, barcha zarur shart-sharoitlarga ega 100 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bolalar bog‘chasi barpo etildi. Shuningdek, mahalladagi 7-maktab viloyatdagi yagona innovatsion maktab sifatida qayta tashkil etilmoqda. Ushbu maktabda kasb-hunar markazi, zamonaviy kutubxona, maxsus fanlar bo‘yicha laboratoriya xonalari, tomchilatib sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan issiqxona, sport maydonchalari mavjud. 

G‘oliblar taqdirlandi 

Mini futbol sport turi bo‘yicha rahbar kubogi musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. 12 ta jamoa ishtirokidagi bahslarda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi jamoasi hamda har bir tuman va shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi jamoalari ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rin Sayxunobod tumani, 2-o‘rin Xovos tumani va 3-o‘rin Sardoba tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari jamoalariga nasib etdi. G‘olib jamoalar munosib taqdirlandi. 

Ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi 

Noqonuniy qum-shag‘al bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda Guliston tumani bo‘limi tomonidan ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Navbatdagi reyd tadbirida Guliston tumani “Sohilobod” hududidan oqib o‘tgan “Sirdaryo” daryosini muhofaza maydonida 3 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda o‘ziga tegishli bo‘lgan yuk mashinalarida qum-shag‘al mahsulotini ortish va tashish bilan shug‘ullanganligi aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarning har biriga BHMning 15 baravari (5 million 100 ming so‘m)dan, jami 15 million 300 ming so‘m jarima qo‘llanildi. 

Sh.Suyarov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda