🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

Sirdaryo viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Jamiyat
Tanlaş
11:54 / 17.05.2021

Xovos tumani bobodehqonlari tomonidan joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida umid bilan 7 ming 57 gektar maydonga qadalgan chigit to‘liq unib chiqqan va birinchi kultivatsiya ishlari avj pallada.

Tuman sektorlari rahbarlari tomonidan g‘o‘za parvarishi, uni rivojlanishi, olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar da mavjud texnikalar holatini “fermerbay” o‘rganib, yuzaga kelgan muammolar joyida bartaraf etilmoqda.  

Olib borilayotgan barcha ishlardan ko‘zlangan maqsad, birinchi o‘rinda yuqori hosil olish va fermerlardagi mavjud muammolarni bartaraf etishga amaliy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

***

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan yo‘l-patrul inspektorlari bilan chorrahalarda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ushbu amaliy mashg‘ulotlar yosh xodimlarning bo‘lajak ish faoliyati davomida muhim ahamiyat kasb etadi.

***

Guliston shahrida ochilishi kutilayotgan yirik 5 qavatli zamonaviy “SAXOVAT” savdo-ko‘ngilochar markazida zamonaviy, madaniy va oilaviy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan kinoteatr ham o‘z ish faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, ushbu “SAXOVAT” savdo-ko‘ngilochar markazining 3-qavatida shahardagi birinchi va yagona “BOWLING” markazi ham ish boshlash arafasida. Ushbu “BOWLING” markazi uchun zarur bo‘lgan jihozlar Xitoy davlatidan keltirilib, o‘rnatilmoqda.

***

Joriy yilning 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar hamda Xalq ta’limi vazirliklarining kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan qo‘shma Hay’at yig‘ilishi bayonnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida – Guliston shahridagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim maskanining 5-sinf o‘quvchilari shahar IIO FMB boshlig‘ining kubogi uchun “Quvnoq startlar” sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbir sportning aralash turlari bo‘yicha ʼʼʼQuvnoq startlar" ko‘rinishida o‘tkazilib, Guliston shahar IIO FMB voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Guliston shahar idoralararo komissiyasi hamda shahar xalq ta’limi bo‘limi sport sho‘’basi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Guliston shahar IIO FMB boshlig‘i kubogi, mukofotlar va sport anjomlari bilan taqdirlandi.

***

Boyovut tumanidagi umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlar va qonun” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov Yoshlar ishlari agentligi Boyovut tuman bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Boyovut tuman kengashi, tuman iqtisodiy, jinoiy va fuqarolik sudlari, tuman xalq ta’limi hamda adliya bo‘limlari tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

Tumandagi 2-sonli xorijiy tillarga ixtisoslashgan umumta’lim maktabi o‘quvchilari tanlovda g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

A.Qayumov, F.Toshmatov, O‘zA

Muallif: abdujalolqayumov