Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Xidirov Alisher Bo‘riyevich Sirdaryo viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
A.Xidirov mazkur tayinlovga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri