Sirdaryo tumanida zarur dori-darmonlar zaxirasi yaratildi
Ana shu topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 14-iyul kuni davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan navbatdagi videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat va dori darmon xavfsizligini taʼminlash, narx-navosining sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgandi.
Ana shu topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida keng qamrovli ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo tumani hokimi boshchiligidagi barcha sektorlar rahbarlari tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib, birlashmada tashkil etilgan dori-darmon zaxirasini hamda tashkil etilgan “Call center” faoliyatini koʻzdan kechirdi. Mutasaddilarga oʻzlarining zarur tavsiya hamda koʻrsatmalarini berdi.
Ayni paytda, tuman tibbiyot birlashmasining 13 ta tez tibbiy yordam mashinalari aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlida astoydil harakat qilayotir. Aholi sogʻligini saqlash maqsadida mutaxassislar tomonidan muntazam targʻibot-tushintirish tadbirlari oʻtkazilmoqda.
– Tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, oʻzlariga biriktirilgan hududlarda boʻlib, u yerdagi ahvol bilan yaqindan tanishdi, – deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Gʻulom Primov. – Hududlarda yuzaga kelgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida, mutasaddi idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasida 320 million soʻmlik 92 turdagi dori va boshqa tibbiy jihoz hamda anjomlarning 3 oylik zaxirasi yaratildi.