Sirdaryo qovunlari xorijliklar dasturxonida
Dunyo bozorida Sirdaryo iqlim sharoitida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetakchi o‘rinda turadi. Yil boshidan shu kungacha 3 ming 437 tonna poliz mahsulotlarining chetga eksport qilinishi ham bu fikrni isbotlaydi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bir barobar ko‘p demakdir.
– E’tiborli tomoni, bundan 3-4 yil ilgari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 10 dan ortiq davlatlarga eksport qilingan edi. Bugunga kelib sirdaryolik dehqonlar yetishtirgan qovun-tarvuz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga, shu jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya davlatlariga ham eksport qilinmoqda, – deydi O‘simliklar karantini va himoyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi chegara maskani inspektori Mustaqim Ismoilov.


Sh.Suyarov, O‘zA