Energetika – iqtisodiyotning qon tomiri hisoblanadi.

Hech bir soha energetika tizimisiz rivojlana olmaydi. Ayniqsa, ishlab chiqarish sohalarida yuksak o‘sish sur’atlari kuzatilib, yangi-yangi korxonalar, inshootlar ishga tushayotgan, aholining yashash sharoiti yaxshilanayotgan bugungi kunda elektr energiyasiga bo‘lgan talab, ehtiyoj oshib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning quvvatini oshirishni, buning uchun sohaga ilg‘or, tejamkor texnologiyalarni jalb etishni, modernizatsiya ishlarini amalga oshirishni taqozo etadi.  

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85-90 foizi IESlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, shundan 30-35 foizi “Sirdaryo IES” ning ulushidir. Joriy yil 25 yanvar kuni “Sirdaryo IES” AJda avariyaviy o‘chishdan oldin, 10 ta (barchasi) energoblok ish faoliyatida bo‘lib, korxonaning umumiy yuklamasi 2 850 megavatt, tabiiy gaz sarfi 580 ming m3, mazut yoqilg‘isi sarfi 205 tn/soatni tashkil etgan. Shu kuni soat 10:57 da energotizimda chastotaning keskin o‘zgarishi kuzatilgan. Natijada “Sirdaryo IES” AJning 500 kilovoltli liniyalarida kuchlanish me’yoridan ortiq ko‘tarilishi va 220-500 kV elektr shinalarida reaktiv quvvat me’yoridan ortishi oqibatida avtomatik o‘chirish himoya vositalari ishlagan va 6,7,8 energobloklarning tarmoqdan o‘chishiga olib kelgan. Energetika tizimi kuchlanish liniyalarida chastota tiklanmasligi oqibatida shu kuni soat 11:09 ga qadar “Sirdaryo IES” AJ ning qolgan 7 ta energobloklarining ham ketma-ket avariyaviy o‘chishiga sabab bo‘ldi.  

Bu vaziyatda korxonaning asosiy uskunalarini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan talofatlardan saqlash maqsadida navbatchi xodimlar darhol bu holatlarni bartaraf etishga kirishdi. Birinchi o‘rinda turbogeneratorni sovutish tizimidagi vodorod gazini atmosferaga chiqarish, turbina podshipniklarini moylash tizimini o‘zgarmas tok manbaidan ishga tushirish choralari ko‘rildi. Elektr stansiya xodimlarining tezkor va oqilona harakatlari, avtomatik himoya tizimini ishonchli va muvaffaqiyatli ishlashi, avariya holatida korxona xodimlarining jabrlanishiga, asosiy va yordamchi uskunalar, texnologik jixozlarga ziyon yetishiga, yong‘in holatlari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmadi. Agar ushbu avariya holati o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganda oqibati og‘ir bo‘lgan texnogen halokatga sabab bo‘lish xavfi mavjud edi. Soat 12:17 da tizim operatorining ruxsati bilan qo‘shni davlat bilan bog‘lanuvchi 220 kV L-20-US-1 havo tarmog‘i orqali stansiyaning OTQ-220 kV taqsimlash qurilmasidagi I va II shinalari sxemasiga kuchlanish berildi va o‘z ehtiyojlari uchun elektr ta’minoti tizimini tiklash parallel ravishda energobloklarni ish holatiga qaytarish ishlari boshlandi. Qisqa fursatda “Sirdaryo IES” ning to‘liq quvvatda, bir maromda barqaror ishlashi ta’minlandi.  

– “Sirdaryo IES” idagi 45 yillik mehnat faoliyatim davomida oddiy 3- razryadli ishchilikdan to direktorlik lavozimigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdim, – deydi O‘zbekiston Qahramoni Mirzaahmad Shoyimov. – bugungi kunda nafaqadaligimga qaramasdan bu ishlardan xabardor bo‘lib turaman. Korxonada oxirgi uch yilda ulkan modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Energobloklarning himoya vositalari normal holatda ishlayotgani bois hech qanday xavf-xatarsiz o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. 
– Stansiyada nafaqat elektr energiyasi, balki, issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi, – deydi AJ Bosh direktori Bahodir Nurdinov. – Korxonaning 2082 nafar fidoyi ishchi-xodimi xalq farovonligi va xonadonlarda doimo chiroqlar yonib turishi uchun tunu-kun mehnat qilmoqda. Asosiy maqsadimiz, halqimizni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashdir. “Sirdaryo IES” AJ korxonasi to‘liq quvvatda, bir maromda, barqaror ishlamoqda.  

Sh.Suyarov,  
F.Toshmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sirdaryo IES to‘liq quvvatda, barqaror ishlamoqda