Sirdaryo: 3 oyda 241 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 3 oyida jami 241 milliard so‘m mablag‘ undirilgan.
Ushbu mablag‘ning 103 milliard so‘mdan ortig‘i byudjet hisobiga, 1,5 milliard so‘mdan ortiqrog‘i esa yo‘l harakati xavfsizligi organlarining jarimalariga to‘g‘ri keladi. Soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 93 milliard so‘m amalda undirilgan.
Shuningdek, sudlarning hamda vakolatli organlarning qarorlari asosida ma’muriy va jinoiy jarimalarning 4,2 milliard so‘m mablag‘i davlat foydasiga undirib berilgan.
O‘zA