Toshkent viloyatida sinxron suzish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning turli hududidan kelgan 150 nafarga yaqin sportchilar chempionlik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Chempionatning aralash duet bahslarida Sofiya Muratova va Avdey Serebryakov tandemi U12 yosh toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sofiya Solihova hamda Ivan Medvedev dueti U15 yosh toifasida mamlakat chempioni bo‘ldi.


Shuningdek, yakkalik bahslarda Alisa Morkovina, Darya Kochneva, Avdey Serebryakov va Mixail Xan o‘z yosh toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Chempionat davomida musobaqa ishtirokchilari turli yo‘nalishlarda O‘zbekiston chempionligi uchun raqobatlashdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA