Singapurda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi
Singapurda umumiy ro‘yxatga olingan 2,5 millionga yaqin fuqaro qonun chiqaruvchi organ tarkibini shakllantirishda ishtirok etdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlangan ovoz berish jarayoni 20:00 da yakunlanadi. Milliy saylov idorasi ma’lumotiga ko‘ra, kunduzi 48 foizga yaqin saylovchi yoki butun mamlakat bo‘ylab 1240 saylov uchastkasida 1,2 millionga yaqin kishi ovoz berdi.
11 nafar siyosiy partiyalar vakillari va ikki mustaqil nomzod ishtirok etayotgan tadbirda bir palatali parlamentdagi 97 o‘rinning 92 tasiga noib saylanadi.
"The Straits Times" gazetasi yozishicha, hukumatni boshqarayotgan Bosh vazir Lorens Vong yetakchiligidagi Xalq harakati partiyasi (XHP) asosiy favorit bo‘lib qolmoqda. 66 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan ushbu partiya har bir saylov okrugida o‘z nomzodini ilgari surgan. Asosiy muxolif kuch - Ishchilar partiyasi (IP) 8 saylov okrugida vakillik qilib, 26 o‘rin uchun kurashmoqda.
Bir palatali parlament tizimiga ega shahar-davlat - Singapurda saylov har besh yilda o‘tkaziladi. 2020 yil COVID-19 pandemiyasi sharoitida tarixiy muvaffaqiyatga erishgan muxolif IP obro‘si nisbatan oshganiga qaramay, asosiy taxminlar hukmron XHPning navbatdagi g‘alabasiga ishora qilmoqda.