Sindorov xitoylik shaxmatchi bilan durangga erishdi
Kiprda shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan Nomzodlar turnirining 14-turida Javohir Sindorov durang natija qayd etdi.
Muddatidan avval musobaqa chempionligi bilan birga amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritgan Javohir Sindorov 14-turda xitoylik Vey I bilan murosa yo‘lini tanladi.
Jahon kubogi davomidagi shiddatli bahslarda 6 g‘alaba va 8 durang bilan shaxmat olamida o‘ziga xos rekord qayd etgan Sindorov erkaklar musobaqasida 1-o‘rinni egallab, 70 ming yevro bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million yevrodan iborat turnirda 2-o‘rin sohibi 45 ming, 3-o‘rindan joy olgan shaxmatchi esa 25 ming yevro bilan taqdirlanadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA