Sindorov – Gukesh “jangi”ning mukofot jamg‘armasi tasdiqlandi
Joriy yilning 22-noyabr-12-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Javohir Sindorov va hindistonlik Gukesh Dommaraju o‘rtasida jahon shaxmat toji uchun kechadigan bahsning mukofot jamg‘armasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston va hindistonlik 20 yashar grossmeysterlar o‘rtasidagi Jahon chempionligi uchun kechadigan bahsning mukofot jamg‘armasi 2,5 million AQSH dollar etib belgilandi.
Har bir partiyadagi g‘alaba uchun ishtirokchi 200 ming AQSH dollariga ega bo‘ladi. Qolgan mablag‘ ikki o‘yinchi o‘rtasida tasdiqlanadi.
Voqealar rivojidan oldinga o‘tib aytadigan bo‘lsak, agar klassik yo‘nalishdagi yakuniy hisob 7,5:6,5 yoki 8:6 ko‘rinishini olsa, g‘olib 1,3 million AQSH dollari, ikkinchi o‘rin sohibi esa 1,2 million AQSH dollarini qo‘lga kiritadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA