Sindorov AQSHda Nakamura, Karuana va Praggnanandxa bilan kuch sinashadi
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Clutch Chess: Champions Showdown 2026” turnirida Javohir Sindorov Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana va Praggnanandxa bilan kuch sinashadi.
18 ta partiyadan iborat musobaqa tezkor shaxmat yo‘nalishida o‘tkazilib, har bir partiyada shaxmatchilarga 10 daqiqa vaqt beriladi va har bir yurishdan so‘ng 5 soniya qo‘shiladi.
Musobaqa nizomiga muvofiq 1-3 tur o‘yinlari 27-oktabr kuni 4-6 tur o‘yinlari 28-oktabr va 7-9-tur musobaqalari 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA