Ixtiro – turli sohalarda ijobiy samara beradigan, o‘ziga xos texnikaviy yechimga ega bo‘lgan yangilik. Ammo har qanday yangilik ham ixtiro bo‘lavermaydi.

Bugungi kunda ba’zi texnologiya va texnikalarsiz kundalik turmushni tasavvur qilish juda qiyin. Masalan, bularga televizor, telefon, internet olami, avtomobil va boshqa shu kabi jihozlarni aytish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1836 yilda telegraf va 1876 yilda telefon ixtiro qilinganidan beri odamlar internet ixtirosiga intila boshlagan. Harbiy maqsadlarda kompyuter orqali aloqani rivojlantirish AQSH sobiq prezidenti Duayt Devid Eyzenxauer tomonidan taklif qilingan. 

Professor Sirojiddin Jo‘rayev tomonidan yaratilgan “Channel hopping-based jamming defense system for wireless local area networks” nomli ixtiro orqali simsiz tarmoqlarga hujum bo‘lgan vaqtda ham aloqani ta’minlab, eng muhim ma’lumotlarni yetkazib bera oladigan tizim ishlab chiqilgan. Tizimning boshqa shu turdagi tizimlardan farqi shundaki, foydalanuvchilarga bir xil xizmat ko‘rsatiladi. Ya’ni, tizimda bo‘lgan foydalanuvchilarning birortasi aloqa yo‘qligi uchun uzilmaydi. 

Bu ixtiro hozirgi kunda ommalashib borayotgan “Public wifi” lar orqali ham ishlaydi. Uni katta gipermarketlar, aeroport mehmonxonalarda ham bemalol ishlatish mumkin. Bundan tashqari ixtironi harbiy xizmat jarayonida va boshqa ko‘plab simsiz tarmoq sohalarida qo‘llash yaxshi samara beradi. 

Yangi ixtiro ustida professor 3 yildan ortiq vaqt davomida izlangan, mehnat qilgan. Bugungi kunda professorning bu ixtirosi Amerika Qo‘shma Shtatlari Patent va tovar belgilari idorasi tomonidan e’tirof etildi va patentlashtirildi. Qayd etish lozimki, “Channel hopping-based jamming defense system for wireless local area networks” nomli ixtiro o‘tgan yillar davomida Janubiy Koreyada ham patentlashtirilgan. 

Sirojiddin Jo‘rayev hozirda “Yangi O‘zbekiston” universitetida faoliyat olib boradi. Professor Janubiy Koreyaning “Yeungnam” universitetida tahsil olgan va 10 yil davomida ushbu universitetda dars berib, tadqiqot ishlarini ham olib borgan. Xorijda olgan bilimini yurtimiz yoshlariga ulashishni maqsad qilgan olimning ko‘plab maqolalari dunyo miqyosida yuqori reytinglarda turuvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Simsiz tarmoqlarga hujum vaqtida ham aloqani ta’minlab beradigan ixtiro yaratildi 