Jahon Banki va YUNESKO tomonidan Markaziy Osiyo mintaqisidagi maktab o‘qituvchilarining kasbiy malaka oshirishi va ushbu tizimdagi yutuq va kamchiliklarga bag‘ishlangan “Skilled Teachers-Skilled Nation” (Malakali o‘qituvchi – mahoratli millat) mavzusida ta’lim simpoziumi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyoda o‘qituvchining roli, malaka oshirish tizimidagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etishda erishilgan tajriba bilan bir qatorda chet ellik mutaxassislarning bu o‘zgarishlar haqidagi fikrlari tinglandi.

O‘qituvchilar ta’lim sifatini oshirishdagi muhim mutaxassislardir. Malakali o‘qituvchi va malakasiz o‘qituvchi o‘rtasidagi farq Uganda va Pokistondagi talabalar o‘rtasida test ballari bo‘yicha 0,36 va 0,54 standart og‘ishlarda (SD) o‘lchandi. Bu degani, malakali o‘qituvchi va malakasiz o‘qituvchi o‘rtasidagi ushbu farq yana qo‘shimcha bir yildan ortiq o‘qishni talab qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bir necha yil uzluksiz samarali o‘qitish kamchiliklarni bartaraf etish va samarali natijaga erishishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Yuqori saviyadagi ta’lim tizimlari o‘qituvchilar tarkibiga eng yaxshi iste’dodlarni jalb qiladi va saqlab qoladi. O‘qituvchilarga o‘z sinflari, maktablari, jamoalari va mamlakatlarida ta’lim sifatini yaxshilashga yordam beradi. Simpoziumda YUNESKOning Markaziy Osiyo idorasi direktori Krista Pikkat xonim, Jahon banki guruhining ta’lim bo‘yicha mas’uli Markaziy Osiyo davlatlaridagi ta’lim sohasida kechayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Xususan, Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Sholpan Karinovaning aytishicha, Singapur va Gollandiyada o‘qituvchilar yiliga 100 va 166 soatini malaka oshirishga bag‘ishlaydi (bunda o‘qituvchi ish vaqtidan ajratib olinadi). Shuningdek, Finlandiya va Singapurda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash har yili o‘tkaziladi. Janubiy Koreyada malaka oshirish tizimi ish joyida o‘qitishga asoslangan bo‘lib (asosan masofadan o‘qitish va maktabda seminar va kurslar ko‘rinishida) o‘qituvchilarning 92 foizga yaqini yiliga ushbu kurslardan o‘tkaziladi. Agar Yaponiya va Singapurda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash sohasi davlat nazorati ostida bo‘lsa, Finlandiyada ish beruvchilar o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun javobgar, Shvetsiyada esa – davlat ishtirokisiz bozor munosabatlari asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot berilishicha, Qozog‘iston Respublikasida pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimi muddatli shaklda olib boriladi. O‘qituvchilar oldin besh yilda bir marta malaka oshirgan bo‘lsa, 2020 yildan boshlab uch yilda bir marta bir oy muddat malaka oshirib kelmoqda. Ayni vaqtda uzluksiz shaklga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Malaka oshirishning asosiy shakllari kurs va kurs ishlari, amaliyot va konsultatsiyalardan iborat. Ammo o‘qituvchilar o‘zi istasa har yili malaka oshirish imkoniyati mavjud.

O‘qish davomiyligi ta’lim muassasasi tomonidan buyurtmachining fikrini inobatga olgan holda o‘quv dasturiga qarab belgilanadi. Uzluksiz ta’lim kurslari, shu jumladan masofaviy ta’limning o‘quv dasturi kamida 36 soat davom etishi kerak.

Simpoziumda Tojikistonda o‘qituvchilar malakasini har besh yilda bir marta amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha kasbiy ta’limning boshqa shakllari – amaliyot va qayta tayyorlash hisoblanadi. Amaliyot – bu kasbiy kompetensiyani rivojlantirishning individual yoki guruh shakli bo‘lib, u o‘tkaziladigan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan individual rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash – qisqartirilgan dasturlar bo‘yicha ikkinchi (qo‘shimcha) ma’lumot olishning bir shakli bo‘lib, u asosiy ixtisoslashtirilgan ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun amalga oshiriladi. Qayta tayyorlash natijalariga ko‘ra, kasbiy malaka olgani haqidagi hujjat beriladi.

Oliy malakali professor-o‘qituvchilar tarkibiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari ta’lim sohasidagi markaziy ijroiya organidan olingan litsenziyalar asosida bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash huquqiga ega.

Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vazirining o‘rinbosari Nurlan Omurov Qirg‘iziston malaka oshirish tizimi va tajribasi bilan bo‘lishdi. Qo‘shni davlatda moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, o‘qituvchilar malakasini oshirishning davlat buyurtmasiga muvofiq, pedagog xodimning hisobidan, tashkilotlar va jismoniy shaxslar hisobidan o‘qitish ishlari amalga oshiriladi.

Simpoziumda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Radjiyev ham "O‘zbekistondagi xalq ta’limi tizimidagi yangi islohotlar va erishilayotgan yutuqlar, mavjud muammolar" to‘g‘risida ma’ruza qildi. O‘zbekistonda bugungi kunda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishidagi islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda malaka oshirish tizimi uzluksiz kasbiy malaka oshirish shakliga o‘tkazilmoqda. Bunda pedagoglar maxsus platforma orqali o‘z bilimlarini muntazam mustahkamlab borishi mumkin.

B.Meliqulova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Simpozium: Markaziy Osiyo davlatlaridagi ta’lim islohotlari muhokama qilindi