Respublikamizga chetdan olib kirilgan tovar-moddiy boyliklar uchun davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga urinayotgan shaxslarning qing‘ir qilmishlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlangan navbatdagi lavha ana shunday holatlar haqida.
Bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tish, bu orqali yurtimizga turli xil noqonuniy hamda sifatsiz tovarlarning kirib kelish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda. Buning natijasida nafaqat mamlakat ichki bozori himoya qilinmoqda, balki yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga erishilmoqda. Shuningdek, turli xil sifatsiz tovarlarning yurtimizga kirib kelishi oldi olinmoqda.
- Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali “Mersedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi, - deya ma’lumot berdi Bojxona matbuot xizmati bosh inspektori Aziza Zairova. - Bojxona posti xodimlari hamda bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 milliard 150 million so‘mlik 30 dona simsiz portativ dinamiklar borligi aniqlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/asAdVtV7dN0" title="Sifatsiz tovarlar toʻxtatib qolindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib o‘tayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan me’yorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan "Sirg‘ali" bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.
Navbatdagi xolat Toshkent shahar bojxona boshkarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida poytaxtimizning Olmazor tumanida aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.
B.Xudoyberdiyev, A.Alijonov (video), O‘zA