Bugungi kunda yurtimiz bozor va do‘konlarida mahsulotlarni turli usulda xarid qilish imkoniyati yaratilgan. Albatta, muddatli to‘lovlar asosidagi xaridlar fuqarolar uchun qulay. Ammo har qanday xaridda ham iste’molchi mahsulot sifatiga diqqatli bo‘lishi talab etiladi. Aks holda, sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishi va oqibatda turli ovoragarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Aslida bunday vaziyatlarni yuzaga kelmasligi uchun savdogarlarning savdo qoidalariga tushunishi va amal qilinishi talab etiladi. Savdo sohasida huquqiy savodxonlik haqida ko‘p ta’kidlanishiga qaramay, bugungi kunda ham bunday holatlar uchrab turibdi.

Masalan, Pop tumani “Bodomzor” MFYda yashovchi fuqaro tumanda joylashgan kredit savdo do‘konlarining biridan muddatli to‘lov asosida 5 000 000 so‘mga skuter xarid qilgan. Ammo ushbu mahsulot nosoz chiqqan. Bundan esa tabiiyki, iste’molchi norozi ekanligini ma’lum qilgan. 

Holat yuzasidan tegishli tashkilot mutaxassislari o‘rganish ishlari o‘tkazib, to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga to‘liq qaytarilishiga ko‘maklashildi.

Yana bir holat: Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro qizi G.X. nomiga Navoiy shahrida joylashgan avtosalondan avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzib, 307 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ammo shartnoma tuzilganidan so‘ng, avtosalon xodimlari tomonidan fuqaroga avval minilgan avtomobil ko‘rsatilgan. Fuqaroning shartnomaga asosan yangi avtomashina berilishi kerakligi to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilmagan.

Ushbu murojaat o‘rganib chiqilib, natijada iste’molchiga shartnomada ko‘rsatilganidek, yangi “KIA” avtomobili olib berildi.

Ma’lumki, fuqarolar onlayn xaridlar orqali ham mahsulotlarga buyurtmalar berish imkoniga ega. Ammo, onlayn xaridda ham iste’molchilarning noroziligiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar yetkazilish holatlari uchrab turibdi. Jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qodirova ko‘chasi yashovchi fuqaro joriy yilning 1-fevral kuni “Uzum market” ilovasi orqali “Ideal” rusumli gaz plitasiga buyurtma berib, 2 700 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Ammo gaz plitasi iste’molchiga yetkazilganda uning pech qismi sifatsiz bo‘lgan. Iste’molchi o‘sha kunning o‘zidayoq, “Uzum market” xodimlaridan gaz plitasini almashtirib berishlarini talab qilgan, biroq hech qanday natija bo‘lmagan.

Holat tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan to‘liq tartibda o‘rganildi. Natijada ushbu holat bo‘yicha “Uzum market” MCHJdan javob xati olindi. Iste’molchi muammosi hal etilib, nosoz mahsulot yangisiga almashtirib berildi.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, iste’molchi huquqlari qonun himoyasida.

Marhabo Madaminova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatsiz mahsulotlar – sotuvchi va xaridor o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘ladi