🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Sifatli va kafolatli

Sifatli va kafolatli
Iqtisodiyot
Tanlaş
12:46 / 23.07.2014

“Qo‘qon mexanika zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligi bilan buyurtmachilarga ma’qul bo‘lmoqda. Korxonada neft-gaz, kimyo va avtomobilsozlik sanoati uchun zarur bo‘ladigan ellik turdan ziyod ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotir.

“Qo‘qon mexanika zavodi” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va raqobatbardoshligi bilan buyurtmachilarga ma’qul bo‘lmoqda. Korxonada neft-gaz, kimyo va avtomobilsozlik sanoati uchun zarur bo‘ladigan ellik turdan ziyod ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotir. 

Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, istiqbolli loyihalarni hayotga keng tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sanoat korxonalarini iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Jamiyatda yangi loyihalar asosida zamonaviy texnologiyalarning ishlab chiqarishga joriy etilayotgani mahsulot hajmi va sifatini yanada yaxshiladi.

– Mutaxassislarimiz bozor kon’yunkturasini o‘rgangan holda yangi g‘oyalar ustida izlanishlar olib bormoqda, – deydi jamiyat rahbari Sharifjon Yo‘ldoshev. – Bundan o‘n yil ilgari atigi besh-olti turdagi mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsak, bugun ellikdan ziyod mahsulotlarimiz buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Ishlab chiqarish hajmi esa 2004-yilgi 6 milliard so‘m o‘rniga o‘tgan yili 26,3 milliard so‘mga yetdi.

Korxonada mahalliy xomashyodan xaridorgir mahsulot tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir paytlar aholi uchun zarur bo‘ladigan xo‘jalik gaz ballonlari valyuta evaziga chetdan keltirilgan bo‘lsa, bugun bunga aslo hojat qolmadi. Jamiyatda bir oyda o‘rtacha 28-30 ming dona 50 litr sig‘imli xo‘jalik gaz ballonlari ishlab chiqarilmoqda. Bosim ostida ishlovchi har xil sig‘imli idishlar, nostandart metall konstruksiyalar ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, ularning sifati va kafolati mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 28 milliard 240 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Sakkiz turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 

Korxonada mehnat qilayotgan 700 dan ziyod ishchi-xizmatchining aksariyati yoshlardir. Shu yilning o‘tgan davrida 84 nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchisi ishga qabul qilinib, “usta-shogird” an’anasi asosida kasb sirlarini o‘rganmoqda.