2025 yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” munosabati bilan O‘zbekiston Milliy universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz hamkorligida “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusida III Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlari natijasida O‘zbekistonda ta’lim sohasida tub ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirishda, o‘qitish tizimining xalqaro andozalarga faol uyg‘unlashuvida, jamiyat hayotining barcha jabhalari uchun yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan, zamonaviy va mustaqil fikrlaydigan, ona-Vatanimizga sadoqatli kadrlarni tayyorlashda asosiy omil bo‘lmoqda.
[gallery-23385]
Konferensiyada sifatli ta’limni ta’minlashda aniq, tabiiy, xorijiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni, ta’lim sohasidagi islohotlar, ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur anjumanga 450 dan ortiq maqolalar kelib tushgan va konferensiyada ilgari surilgan fikrlar natijasida ushbu maqolalar to‘plam shaklida chop etilishi belgilandi. Konferensiya so‘nggida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar hamda faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
N.Usmonova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA muxbirlari