Mutafakkirlarimizdan biri Mirzo Ulug‘bek: “Biz olamni obod qilish uchun yaratilganmiz”, deb yozgan edi. Olamning obodligi inson omiliga, insonning insonligini belgilovchi kreteriy esa uning bilimdonligi, saviyasi, tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liq. Yuksak bilim, keng dunyoqarash, jamiyatda shaxs sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lish, albatta, o‘qituvchining tinimsiz mehnatiga, aniqrog‘i, sifatli ta’limga bog‘liq.

Vaholanki, ta’lim sifati kasbiy anglashning kompleks tavsifi, zamonaviy rivojlanish bosqichida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy taraqqiyot talablariga mos faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanadi.  

O‘qituvchining qo‘lida kelajak taqdiri turadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga qilgan murojaatida asosiy e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta’kidlandi. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur” ligi qayd etildi.  

Ha, yurt rahbari tomonidan kelayotgan yangi yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb belgilanishi bejizga emas. Yangi O‘zbekistonimizda ilm-fanga e’tibor yuqori cho‘qqiga chiqqan  hozirgi davrda zamonaviy hayotni sifatli ta’limsiz va ilm-ma’rifat taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ham taraqqiyot ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilangandan keyin yuz berganligi sir emas. Zero, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq.  

Ta’limning sifatini oshirish uchun, avvalambor, bu sohadagi muammolarni o‘rganish zarur. Ushbu muammolarni bartaraf etish esa ularni aniqlash va borligini tan olishdan boshlanadi. Hadisda aytilganidek:  “Bilimlarga intilish har bir muslim va muslima uchun vojib” ekan, ilmga intilgan har bir insonga sifatli ta’lim berish ham juda-juda zarurdir.  

Ta’lim sifatini oshirish, fan va texnologiyaning eng so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish asosida ijodiy tafakkurli, kasb-xunarli, tadbirli va mustaqil fikr yurita oladigan, tashabbuskor va tadbirkor, o‘z javobgarligini his etadigan yoshlarni tayyorlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Ularni qo‘llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Zero, uni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan natijani bermaydi.  

bugungi kunda o‘qitishning an’anaviy ko‘rinishidan farq qiladigan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, o‘qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. Shu bois ham ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda o‘qitishning an’anaviy texnologiyalari ta’lim oluvchi  shaxsiga yo‘naltirilgan ilg‘or texnologiyalar bilan almashtirilmoqda.  

Ta’lim sifatini oshirish hukumatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi soha mutaxassislari, mutasaddilari zimmasiga yuksak vazifalarni yuklamoqda. O‘qituvchi nafaqat o‘z fanini mukammal bilishi va chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, balki ta’lim oluvchining hayotiy ehtiyojlarini tushunishi, barcha sohada namuna bo‘lishi, najot nafaqat o‘qitishda, balki yuksak sifatli ta’limda ekanligini chuqur anglamog‘i lozim.  

Bahodir Ma’murov,  

Buxoro davlat universiteti 

professori pedagogika fanlari doktori  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sifatli ta’lim – kelajak poydevori