Siddiqov Sadriddin Shuxratjon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Chorvoq erkin turistik zonasiga turizmning ta’siri va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari” mavzusida
Siddiqov Sadriddin Shuxratjon o‘g‘lining 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo‘yicha “Chorvoq erkin turistik zonasiga turizmning ta’siri va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari” mavzusidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 7 yanvar kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti majlislar zali