Si Szinpin Jo Baydenni tabrikladi
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 25 noyabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Jo Baydenni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Si Szinpin o‘z tabrigida Xitoy – AQSH munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish nafaqat ikki xalq tub manfaatlariga javob berishi, balki xalqaro hamjamiyat kutayotgan umumiy masala ekanini ta’kidlagan.
“Umid qilamizki, har ikkala tomon nizo va qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi, o‘zaro hurmat va g‘alaba qozongan hamkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlaydi, Xitoy – AQSH munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashadi, boshqa mamlakatlar va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda dunyo tinchligi va taraqqiyotining ezgu maqsadini ilgari suradi”, deyiladi jumladan qutlov maktubida.
Eslatib o‘tamiz AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zA