23 noyabr kuni Xitoyning Szetszyan provinsiyasi Vuzhen shahrida Jahon internet konferensiyasi va internetni rivojlantirish forumi ish boshladi.
XXR Raisi Si Szinpin forum ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.
XXR Raisining ta’kidlashicha, bugun jahondagi texnologik inqilob va sanoat transformatsiyasining yangi bosqichi raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishiga turtki bermoqda. Yangi toj pnevmoniyasi epidemiyasi boshlanganidan beri telemeditsina, onlayn ta’lim, almashinuv platformalari va hamkorlikdagi ofis usullari keng qo‘llanildi. Internet turli mamlakatlarda iqtisodiy tiklanishni tezlashtirdi, ijtimoiy operatsiyalarni ta’minlash hamda global pandemiyaga qarshi hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
Si Szinpinning qayd etishicha, Xitoy boshqa mamlakatlar bilan axborot inqilobining tarixiy imkoniyatlaridan foydalanib yangilik va taraqqiyotning ilg‘or drayverlarini rivojlantirish, raqamli hamkorlikda yangi muhit barpo etish, kiberxavfsizlikning yangi namunasini hamda insoniyat uchun farovon kelajakni yaratishda birgalikda ishlashga tayyor.
Shohida Jalilova