Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Andijon fakultetida “Tasodifan kutilgan kashfiyotlarga erishish: biznes strategiyasi, modellashtirish va amalga oshirish – ziddiyatlar uyg‘unligidagi jarayon” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etgan seminarda biznes strategiyasi, uni modellashtirish va amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Seminarda shvetsiyalik tajribali biznes eksperti, akademik Aleks Matrsson onlayn tarzda mavzu doirasidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi. Tadbir davomida akademik Matrsson biznes boshqaruvi, strategik modellashtirish va amaliyotda kreativ yondashuvlarning ahamiyati haqida gapirdi. Shuningdek, iste’molchiga yo‘naltirilgan biznes (B2C) modelining xalqaro savdodagi o‘rni hamda u orqali raqobatbardosh iqtisodiy tizimni yaratish imkoniyatlarini tahlil qildi. Bu boradagi xalqaro tajribalar, o‘ziga xos jihatlar haqida keng ma’lumotlar berdi.

Mazkur seminar oliy ta’limda xalqaro integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, xorijiy ekspertlar ishtirokida tajriba almashish va zamonaviy ta’lim muhitini hamda innovatsion fikrlashni shakllantirishga xizmat qildi.

– Seminar talabalarga nafaqat nazariy bilimlarini oshirish, balki xalqaro amaliy tajribalar haqida keng ma’lumotlar olish imkonini berdi, – deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakulteti katta o‘qituvchisi Abdulhamid Akbarov. – Bu kabi tadbirlar oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarni global iqtisodiy tafakkur ruhida tarbiyalash, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Seminarning interaktiv qismida shvetsiyalik xalqaro ekspert global biznes muhitidagi o‘zgarishlar, raqamli iqtisodiyotning ta’siri va yangi avlod tadbirkorlarini tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarining roli haqida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga o‘qituvchilar hamda xalqaro ekspertdan batafsil javob oldi.

Yakunda seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi. 

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shvetsiyalik ekspert ishtirokida seminar