Yangi Tidyo kelishuviga ko‘ra, Shvetsiyada 1-9-sinf o‘quvchilariga darsda ham, tanaffus vaqtida ham mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
– Ushbu chora muhim madaniy o‘zgarish sari qo‘yilgan dadil qadamdir, – dedi mehnat bozori va integratsiya vaziri Yoxan Persson. – Maktabda o‘qitish sifatini oshirish butun Shvetsiyada odatiy holga aylanishi kerak.
Person fikricha, maktab qonunchiligini kuchaytirish lozim. Direktorlar mobil telefonni taqiqlash bo‘yicha alohida istisno to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Amalda mobil telefonlar ertalab yig‘ib olinib, o‘quv kuni oxirida qaytariladi. Vazir ta’kidlashicha, ayni “tajriba” farzandlariga ijobiy ta’sir qilgan.
O‘tgan yil maktab qonuniga o‘zgarish kiritilib, uyali telefondan sinfda faqat o‘qituvchi ko‘rsatmasi bilan foydalanish mumkinligi belgilangandi. 2022 yil Gyoteborg universiteti tomonidan tayyorlangan tezisga ko‘ra, qonun muammoli. Zero, talabalar mashg‘ulot uchun mobil aloqaga muhtoj va hali ham telefonni sinfga yashirincha kiritish yo‘lini topyaptilar. Shu bilan birga, allaqachon mobil qurilmalarga taqiq qo‘ygan direktorlar muayyan muvaffaqiyatga erishgan.
– Mazkur tashabbus “Pisa-2022” natijasi nuqtai nazaridan juda zarur. Mobil telefonni taqiqlash imkon qadar tezroq kuchga kirishi kerak, – deydi Person. – Faqat taklifni tayyorlash uchun, taxminan, bir yil vaqt ketadi.