Shvetsiya mudofaa byudjetini YAIMning 2 foizigacha oshiradi
Shvetsiya hukumati mudofaa byudjetini YAIMning 2 foizigacha oshirishga qaror qildi.
Bu haqda Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson ma’lum qildi.
Shvetsiyaning mudofaa qobiliyati sezilarli darajada mustahkamlanadi, — dedi Magdalena Andersson. Harbiy mudofaa uchun ajratmalar yalpi ichki mahsulotning 2 foizigacha ko‘tariladi va biz bunga amalda imkon qadar tezroq erishamiz.
Shvetsiya 2021-2025 yillar uchun harbiy mablag‘larni 27,5 milliard kronga (3,11 milliard dollar), ya’ni avval rejalashtirilganidan 40 foizga oshirdi.
2014-2025 yillar mobaynida o‘sish 85% ni tashkil etishi rejalashtirilgan, bu 1950 yillardan buyon eng katta o‘sish bo‘lishi kutilmoqda.
Ulug‘bek Mahmirzayev