G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari BBCning “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari” ro‘yxatiga kiritildi.

Bu ro‘yxatni shakllantirish uchun 56 ta mamlakatning 177 nafar ekspertiga "Barcha davrlarning eng yaxshi bolalar adabiyotlariga qaysi asarlar kiradi?" deb savol berilgan. Ular o‘z tanlovi bo‘yicha 10 ta eng yaxshi bolalar kitobi ro‘yxatini tuzgan. Ekspertlar ro‘yxatidagi har bir kitobga joylashgan o‘rniga qarab 10 balldan 1 ballgacha berilgan.

Ekspertlar tomonidan jami 1050 ta kitob nomi ko‘rsatilgan.  

Ro‘yxatning birinchi o‘ntaligidan

1) Moris Sendakning “Maxluqlar qo‘nim topgan maskan” (“Where the Wild Things Are“,1963) ,  

2) Lyuis Kerrollning “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida”

(Aliceʼs Adventures in Wonderland , 1865),  

3) Astrid Lindgrenning “Peppi- Uzunpaypoq” (Pippi Longstocking, 1945),  

4) Antuan de Sent Ekzyuperining “Kichik shahzoda” (The Little Prince, 1943),  

5) Jon Ronald Ruel Tolkinning “Xobbit” (The Hobbit, 1937) ,  

6) Filipp Pulmanning  “Shimol yog‘dusi” (Northern Lights, 1995),

7)  K.S.Lyuisning “Sher, afsungar va kiyim javoni” (The Lion, the Witch and the Wardrobe, 1950),  

8) A.A Miln va E.X.Shepardning “Momiqvoy” (Winnie-the-Pooh, 1926),  

9) E.B.Gart Uilyamsning “Sharlottaning o‘rgimchak to‘ri”(Charlotteʼs Web ,1952),  

10) Roald Dal va Kventin Bleykning “Matilda”  

(Matilda, 1988) asarlari o‘rin olgan.

BBCning umumiy ro‘yxatida esa “Shum bola” 73-o‘rinni egalladi.

Aytish joizki, xalqimizning suyukli shoiri va yozuvchisi G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari 1936 yilda yaratilgan bo‘lib, unda o‘smir bolaning kechmish va sarguzashtlari, Toshkent shahrining XX asr boshidagi hayoti o‘ziga xos tarzda, katta mahorat bilan ochib berilgan.

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shum bola” barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari 100 taligi ro‘yxatida