Bugungi murakkab globallashuv davri ijodkor ziyolilar, pedagoglar, olimlar, umuman, keng jamoatchilikdan yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi yo‘lida yanada faol bo‘lishni talab etmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bilan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi.

– Shuhrat Samariddinovich, 2023 yil 22 dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

– Hozirgi globallashuv jarayonida g‘arb davlatlarida keskin ko‘zga tashlanayotgan ma’naviy tanazzul insoniyat tarixining bugungi bosqichida yuzaga kelgan postmodernizm illatlari sabablidir. Bu olamshumul ma’naviy fojianing Internet tarmoqlari orqali bizning ma’naviy hayotimizda ham aks sado berayotgani yoshlarimizning axloqi, milliy qadriyatlarimizga befarqlikka olib keladigan jiddiy xavfdir. Davlatimiz rahbari tomonidan o‘rtaga tashlangan Yangi O‘zbekiston milliy g‘oyasi va Uchinchi Renessans poydevorini qurish kabi ulug‘ maqsadning amalga oshishi yosh avlodda milliy qadriyatlarni ulug‘lash, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi insoniy fazilatlar yuqori bo‘lishini taqozo qiladi. Ma’naviy tahdidlarning kuchayishi jamiyat murabbiylari bo‘lmish mamlakatimiz ziyolilari oldiga bir qator muhim vazifalar qo‘yadi. Prezidentimizning Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan majlisidagi nutqini tinglar ekanmiz, buni yanada teranroq his qildik.

Nutqda ilm-fan, tarbiya va ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirish davlat va ziyolilarimizning ustuvor vazifasi bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, Prezidentimizning “Hammamiz bir haqiqatni unutmasligimizni istardim. Hayot bor ekan – jaholat ham, ma’naviy tahdidlar ham bo‘lishi tabiiydir. Ammo eng xatarlisi yurt kelajagiga loqaydlik, ezgu qadriyatlarga nisbatan beparvolikdir. Tinch va farovon hayot qurish uchun, avvalo, odamlar qalbida bir-biriga hurmat, xalqqa, Vatanga mehr va ishonch mustahkam bo‘lishi zarur”, degan gaplari har bir millat fidoyisi uchun ma’naviy tahdidlarga qarshi hayot-mamot kurashiga chaqiriq bo‘lib yangradi.

Prezident oxirgi yillarda mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, yutuqlar haqida to‘xtalar ekan, moddiy jihatdan boy bo‘lish bilan birga ma’naviy yuksak xalqqa ega davlatgina rivojlanishi borasida o‘z fikrlarini bildirib, yosh avlodni asrab-avaylash, "bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini kuchaytirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni bosh vazifa qilib belgiladi. Shu yo‘nalishda madaniyat sohasi vakillari, ulamolar va turli soha mutasaddi rahbarlarini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Yig‘ilishda ma’rifatparvar jadidchi bobolarimizning g‘oya va dasturlari Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un hamda hamohang ekanligi yorqin kelajagimiz uchun poydevor bo‘lishi ta’kidlandi. Shundan kelib chiqib, bugungi keskin sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiya masalalarida davlat va jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Darhaqiqat, faqat butun jamiyat, ya’ni barchamiz so‘zda, fikrda, mafkurada birlashsak, katta avlod, kasb-koridan qat’i nazar, tom ma’noda jamiyat murabbiysiga aylansagina, xuddi jadidlar singari ma’rifat yo‘lida yakdil bo‘lsagina biz oliy maqsadlarimizga erishamiz.

Prezidentimiz yosh avlod tarbiyasida ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni, xususan o‘zbek tili va adabiyotining ma’naviyat asosi sifatidagi maqomiga alohida to‘xtalib, muallimlar, ijod ahli va soha olimlarini bir yoqadan bosh chiqarib, uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-mafkuraviy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha muntazam faoliyatni yo‘lga qo‘yish, san’atkorlar va kinochilar bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir bobolarimizning asarlarini bolalarbop qilib tushuntirib beradigan risolalar, badiiy asarlar, sahna asarlari va multfilmlar yaratish, tarjima ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qator topshiriqlar berdilar. Ushbu yig‘ilishda davlatimiz rahbari o‘zbek tilining rivoji, uning istiqboli haqida alohida to‘xtalib, bizni anchadan beri ko‘nglimizdan o‘tib yurgan masalalarni ham tilga oldilar. Xususan, o‘zbek tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha sertifikatlash tizimini joriy etish, mana shunday sertifikatga ega o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish haqidagi qarori bir ustoz sifatida meni juda to‘lqinlantirdi. Aytish kerakki, maktablarda yosh avlodning qalbiga vatanpavarlik, jo‘mardlik, millatsevarlik singari tuyg‘ularni singdirayotgan va ayniqsa, axloq-odobni o‘rgatayotganlar birinchi navbatda ona tili va adabiyoti o‘qituvchilaridir. Shu bois ham ularning obro‘sini ko‘tarish, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatiga e’tiborni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan ularning o‘z faniga mas’uliyatini oshiradi.

– O‘zbek tilini targ‘ib qilish bo‘yicha universitetda olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalsangiz.

– O‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshirish ko‘p jihatdan o‘zimizga bog‘liq. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham milliy tilimiz, adabiyotimiz va madaniyatimizga bo‘lgan cheksiz ehtirom timsolidir. O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganida uning oldiga ko‘plab muhim vazifalar qo‘yilgan. Universitet jamoasi zimmasidagi mas’uliyatni anglagan holda, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlash uchun tinimsiz mehnat qilib kelmoqda. O‘tgan yetti yil mobaynida universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari soni 3 tadan 14 taga, magistratura mutaxassisliklari soni 5 tadan 12 taga oshdi. Qariyb 4000 ga yaqin mutaxassis tayyorlandi. Ular bir necha tillarni egallagan, mafkuraviy toblangan, siyosiy yetuk yoshlar bo‘lib, asosiy ko‘pchiligi xalq ta’limi tizimida katta g‘ayrat bilan faoliyat yurgizmoqda.

Dunyoning 170 dan ortiq universitetlari va ilmiy, madaniy muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida yaqindan faoliyat olib borilmoqda. 300 dan ortiq xorijlik professorlar universitetdagi darslarga jalb etildi, 843 ta xorijlik talaba tahsil oldi.

O‘z navbatida universitetning 200 dan ortiq talabasi akademik almashuv doirasida xorijning nufuzli ta’lim muassasalarida bo‘ldilar, 300 dan ortiq professor-o‘qituvchilarimiz xorijda malaka oshirdilar.

Universitet tashabbusi va bevosita ishtirokida Xitoy, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda O‘zbek tili va madaniyati markazlari hamda o‘zbek tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan xorijliklarning qiziqishlarini inobatga olib, 2022 yilda universitet huzurida xorijliklarga o‘zbek tili va madaniyatini o‘rgatuvchi “O‘zbek maktabi” faoliyat boshladi. Ushbu markazda 300 dan ortiq xorijliklar milliy tilimizni turli darajalarda o‘rganishdi va hozirda ham o‘rganib kelishmoqda. Ushbu markaz tomonidan “O‘zbek tili xorijliklar uchun” A1, A2 darajalar uchun darsliklari yaratildi va keyingi darajalar uchun mo‘ljallangan darsliklar ustida ishlanmoqda.

– Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilish yuzasidan universitet jamoasi tomonidan qanday vazifalar belgilab olinmoqda?

– Birinchi navbatda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy ishlarning real amaliy natijalariga qaratilgan dastur qabul qildik. Endilikda universitetimiz professor-o‘qituvchilari respublika ma’naviyat va markazi bilan yaqin hamkorlikda maktab va mahallalarda olib borilayotgan ma’rifiy suhbatlar va darslarni yuqoridagi tarixiy yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar asosida olib boradilar. Jiddiy e’tibor internet tarmoqlari, xususan yutub kanalida ma’rifiy videoroliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi.

Fursatdan foydalanib, shuni ham aytish joizki, xorijda yashovchi vatandoshlarimiz orasida o‘zbek tilini o‘rgatish orqali bugungi Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans g‘oyalarini singdirish masalasi ham oldimizda turgan ma’naviy-mafkuraviy ishlarimizning tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘zbek diasporalari mavjud AQSH, Koreya Respublikasi, Rossiya federatsiyasi va boshqa ko‘plab mamlakatlarda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va madaniyati markazlarini ochishni rejalashtirmoqdamiz. O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish bo‘yicha ham boshlagan tizimli ishlarimizni davom ettiramiz.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xalq orasida millat va ma’naviyat universiteti sifatida nom chiqarganidan g‘ururlanamiz. Shu bilan birga, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi, davlatimiz rahbarining xalqchil siyosatini hayotga tatbiq etish ishlarida mas’uliyatimiz har qachongidan ko‘ra jiddiy ortganini yaxshi his etib turibmiz. Ayniqsa, 2024 yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da bizdan yosh avlodning axloqiy tarbiyasi, mafkuraviy tarbiyasida jiddiy amaliy ishlar kutiladi. Milliy g‘ururi baland, yurtimiz tarixini puxta biladigan, milliy qadriyatlarimizga sodiq mutaxassislarimiz bilan birga Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan ezgu islohotlarda oldingi safda bo‘lish va bor kuch-g‘ayratimizni Yangi O‘zbekistonni barpo etishga, Uchinchi renessans poydevorini yaratishga sarflashni o‘z burchimiz, deb hisoblaymiz.

O‘zA muxbiri N.Usmonova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhrat Sirojiddinov: "Jamiyat ma’rifat yo‘lida yakdil bo‘lsagina oliy maqsadlarimizga erishamiz"