So‘z san’ati, jurnalistika, tarjimonlik mahorati o‘zaro uyg‘un sohalardir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2024 yil 4 iyun kuni qabul qilingan «Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori tarjimonlik sohasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bilan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarorining ahamiyati, dolzarbligini nimalarda ko‘rasiz?

– Ko‘pincha har bir davlatning jahondagi o‘rni va mavqei uning qudrati, iqtisodiy va siyosiy yutuqlaridan kelib chiqib baholanadi. Ammo hech kim inkor eta olmaydigan yana bir omil borki, u ham bo‘lsa, bu yutuqlar o‘sha millatning o‘z madaniyatidan, tarixidan, buyuklaridan, san’ati va adabiyotidan yuqori darajada faxrlanish hissidan quvvat olgani uchun ham qo‘lga kiritiladi. Bugun O‘zbekiston dadil qadamlar bilan jahon arenasiga ko‘tarilib bormoqda. Yurtimizda madaniyatimizga bo‘lgan e’tibor, san’at va va adabiyotimizni targ‘ib etishdagi maqtovga sazovor tashabbuslar ijodkor xalqimiz ongida Yangi O‘zbekiston, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish milliy g‘oyasi atrofida jipslashishiga olib keldi. Bugun ulkan rejalar yosh avlodni behad ruhlantirmoqda. Vatanimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, kuchli darajada to‘lqinlanayotgan dengizni eslatadi. Istisnosiz, hayotimizning har bir jabhasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Shunday sharoitda badiiy adabiyotning roli juda ahamiyatli bo‘ladi. Shonli tariximiz, buyuk ajdodlarimiz, bugungi kunimiz, zamonamiz qahramonlari obrazini badiiy adabiyotga, kinoga olib kirish, xalqimizning milliy g‘ururini uyg‘otuvchi badiiy asarlar yaratish, ularni tarjima qilib yurtimizning dovrug‘ini dunyoga taratish, buyuk tariximiz, qadim madaniyatimiz to‘g‘risida jahon xalqlari tasavvurini boyitish ham qaysidir ma’noda, xalqaro miqyosda davlatimizning obro‘sini oshirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, biz – o‘zbeklarning nihoyatda ulkan adabiy merosimiz bor, bu bilan har qancha faxrlansak arziydi. Agar shu merosdan faqat o‘zimiz bahramand bo‘lib, o‘zimiz o‘zimizni olqishlab yuraversak, dunyo adabiyotidan uzilib qolamiz, rivojlanish ham to‘xtaydi, raqobat ham. Shularni inobatga olgan holda aytish mumkinki, badiiy tarjima adabiyot atalmish lochinning ikki qanotidir. Bir qanoti milliy adabiyotimizni jahon tillariga tarjima qilish bo‘lsa, ikkinchi qanoti jahon adabiyoti durdonalarini ona tilimizga tarjima qilish orqali millatdoshlarimiz tafakkurini boyitishdir. Ikki qanoti sog‘lom, baquvvat lochingina yuksak-yuksak parvoz qiladi.

Afsuski, XX asr oxirlaridan boshlab o‘zbek tarjimachilik sohasida biroz pastlash kuzatildi. Tarjimonlarga e’tibor kamligidanmi yoki moddiy jihat ustuvorlik qildimi, «Men tarjimon bo‘laman», deydigan yoshlar kamayib ketdi. Natijada tarjima asarlari soni ortmadi, o‘zbek adabiyotining eng sara asarlari xorijiy tillarga tarjima qilinmadi. 

Bir tarjimon do‘stim aytgan edi: «Yaxshi yozuvchi bo‘lsang, O‘zbekiston xalq yozuvchisi bo‘lasan, yaxshi shoir bo‘lsang, xalq shoiri bo‘lasan, lekin tarjimon bo‘lsang, alohida unvon ham yo‘q», deb. Yarim hazil, yarim chin bu gaplarni chuqur mulohaza qilgan holda shuni aytishim kerakki, hamma gap mukofot yoki moddiy manfaatda emas. Ijodkor xalqi boylik yoki shon-shuhrat dardida ijod qilmaydi, ammo mehnati qadrlanishini hamma xohlaydi, jumladan, tarjimonlar ham. Badiiy tarjima yozuvchilik, shoirlik, dramaturglikdan ham qiyinroq. Bu ikki hissa mehnat, ikki hissa ilhom va iste’dod deganidir. Shoir Erkin Vohidov aytganidek, 

«Oy o‘rtanar – ko‘zlarida yosh,

Bag‘ri dog‘u yuragi qiyma.

Der: «Yey falak, men edim quyosh, 

Nega meni qilding tarjima?!», ya’ni tarjimon bir xatosi va no‘noqligi ortidan «quyosh»ni «oy»ga aylantirib qo‘yishi mumkin. Shu bois mahoratli tarjimonlarni qadrlash, tarjimon bo‘laman, degan yoshlarga motivatsiya berish juda muhim. 

Bu borada Prezidentimizning 2024 yil 4 iyunda imzolangan «Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida»gi qarori g‘oyat puxta o‘ylangan va o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatdir. Bu bilan ham milliy adabiyotimiz rivojlanadi, ham xorijlik tarjimonlar o‘zbek adabiyotini tarjima qilishga yanada ko‘proq e’tibor qaratadilar. Mukofot o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima, o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima, xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima, xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima, xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima kabi yo‘nalishlarda eng munosiblarga topshiriladi. 

Tarjima uzoq muddatli jarayonligini hisobga olib, ushbu mukofot har ikki yilda bir marotaba topshirilishi belgilandi. Ishonchim komilki, bir necha yil ichida dunyoning eng mashhur tarjimonlari e’tiboriga tushadigan bu mukofot sabab ona tilimizni o‘rganuvchilar, milliy adabiyotimiz muhiblari soni sezilarli darajada ortadi. O‘z navbatida, o‘zimizning tarjimonlarimiz orasida ham sog‘lom raqobat muhiti shakllanadi, tarjima asarlarining sifati ortadi. 

– O‘zbek badiiy tarjimachilik maktabi haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik. Bu maktab o‘zining avvalgi mavqeini tiklashi, uni yanada yuksaltirishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak, deb o‘ylaysiz?

– O‘zbek tarjimashunoslik maktabining ildizlari juda baquvvat, bu ildizlar juda qadim davrlarga borib taqaladi. Jumladan, Ma’mun akademiyasi (IX asr) Dor ul-Hikmatda Sharq tarjimonlik maktabi faoliyat ko‘rsatgan. Unda markaziy osiyolik olimlar sa’y-harakatlari tufayli antik madaniyat namunalari arab tiliga o‘girilib, butun Sharqda keng yoyilganini eslash joiz. Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Abu Rayhon Beruniy va shu kabi ulug‘ olimlarimiz dunyoga mashhur asarlarini yaratish bilan birga, tarjima ishlari bilan ham shug‘ullanishgan. Mahmud Koshg‘ariy, Rabg‘uziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy kabi adiblarimiz ijodida ham tarjima muhim o‘rin egallaydi. 

XIX – XX asrda badiiy tarjima asarlarni yaratish borasida yirik qadamlar tashlandi. O‘zbek yozuvchilaridan Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Ali kabi adib va shoirlarimiz bu borada yangi yo‘nalish, yangi maktabga asos soldilar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan ular tomonidan jahon adabiyotining eng durdona asarlari o‘zbek tiliga o‘girildi. 

Bir necha yil ichida yuzlab yirik nasriy asarlar, noyob she’rlar, dunyoga mashhur pesalar o‘zbek kitoblari qo‘liga yetib bordi. Lekin soha mutaxassislaridan tortib oddiy kitobxonlargacha sezgan tarjimadagi «sokinlik davri» adabiyotimizda sezilarli yo‘qotish bo‘ldi. Albatta, bu davrda ham kuch-g‘ayrat, zavq-shavq bilan badiiy tarjima asarlarini yaratgan Ibrohim G‘afurov, Xayriddin Sultonov, Risolat Haydarova singari zahmatkash tarjimonlarimiz mehnatini ham alohida e’tirof etish darkor, lekin ularning munosib izdoshlarini tarbiyalash borasida biroz sustkashlik bo‘lgani rost. 

2018 yil Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bizning universitetimizda «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Mana shu konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik nutqida davlatimiz rahbari badiiy tarjima bo‘yicha juda muhim vazifani kun tartibiga qo‘ydi: «Biz O‘zbekistonda «Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik» degan chuqur ma’noli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga g‘oyat jiddiy e’tibor qaratamiz. Xuddi shunday holatni o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish sohasida ham kuzatish mumkin». 

Keyingi yillarda o‘zbek kitobxonlariga taqdim etilayotgan tarjima asarlari soni va salmog‘i keskin ortdi va nazarimda «sukunat davri» bitdi. Masalan, 2022 yilda «Turkiy adabiyot durdonalari» 100 jildlik asarlar majmuasining nashr etilishi, unda jami turkiy tilli davlatlar adabiyotida munosib o‘ringa ega 1 ming 100 nafar muallif qamrab olinganini e’tirof etish joiz. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan 2023 yilda Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror» dostonining nasriy bayoni Ilyosxon Bahromov tomonidan arab tiliga, Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani Kerol Yermakova tomonidan ingliz tiliga, Oybekning «Qutlug‘ qon» romani Zamira O‘zturk tomonidan turk tiliga tarjima qilindi va Fransiya, Ozarbayjon, Turkiya singari davlatlarda chop etildi. Shu yili «Jahon bolalar adabiyoti durdonalari» 100 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlash ishlariga tayyorgarlik boshlandi va bir nechta mo‘’jaz asarlar jajji kitobsevar farzandlarimiz kitob javonidan joy oldi, 2026 yilgacha rejadagi barcha asarlar tarjimasi yakuniga yetadi. 

2024 yilda ham Misr Arab Respublikasida Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romanining arab tiliga qilingan tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ayni damda 2024 yilda jahon adabiyotining 100 ta sara asarini o‘zbek o‘quvchilariga yetkazish borasida ish olib borilmoqda. Shu paytga qadar 27 ta asar o‘zbek tiliga o‘girilib, chop etilish arafasida. Umuman olganda, o‘zbek tarjima maktabi jonlanmoqda. Kamchiliklar yetarlicha, ammo yaxshi natijalar soni ortayotgani barchamizni xursand qiladi. O‘ylaymanki, shu zaylda ishlarimizni davom ettirsak, ham ona tilini, ham xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan yosh tarjimonlarni tarbiyalashda davom etsak, ularni munosib rag‘batlantirsak, o‘zbek tarjimachilik maktabi yanada rivojlanadi. 

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida badiiy tarjima sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganida uning oldiga qo‘yilgan eng asosiy vazifalardan biri ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash bo‘lgan. Biz baholi qudrat ushbu vazifani ado etib kelmoqdamiz. Shu maqsadda universitetda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ochilgan. Ma’lumki, boshqa turdosh OTMlarda ham shunday fakultetlar bor va ular ham tarjimonlar tayyorlaydi. 

Bizning universitetdagi Tarjima fakultetining ulardan asosiy farqi biz bo‘lajak tarjimonlarga ona tilimizni ham juda chuqur o‘rgatamiz. Chunki shu kungacha ko‘plab tarjima fakultetlarining bitiruvchilari xorijiy tilni puxta o‘rganganlari holda ona tilimizni haminqadar bilishadi. So‘z zaxiralari ulkan emas, ijodkor, ona tilimizda betakror jumlalar tuza oladiganlar esa chet tillarini puxta bilmaydi. Biz mana shu bo‘shliqni to‘ldirishga qaror qildik va tarjimonlar tayyorlashda yangicha yondashuvni tanladik. O‘quv dasturlariga o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini ko‘proq kiritdik, eng tajribali professor o‘qituvchilar, atoqli ijodkorlar va xorijlik mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qildik. 

2021 yildan boshlab Badiiy tarjima mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga qabul boshladik. Talabalarga Qosimboy Ma’murov, Avazxon Haydarov, Ziyoda Teshaboyeva, Aidaxon Bumatova singari malakali tarjimon-pedagoglar saboq berdilar. Mehnatlarimiz uzoq kuttirmay o‘z samarasini bera boshladi. Talabalarimizdan Shohruh Usmonov, Nazokat G‘afforova, Gulsanam Abdazovalar muvaffaqiyatli tarjimalari bilan adabiyot ixlosmandlari nazariga tushdi. 

Universitet o‘zbek adabiyotini chet tillariga tarjima qilish bo‘yicha faqat kadr tayyorlash bilan cheklanmay, katta amaliy ishlarni ham olib bormoqda. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda «O‘zbek shoir va yozuvchilari uchun ingliz tili» loyihasini amalga oshirdi. Bu loyiha doirasida zamondosh o‘zbek adiblariga ingliz tili bepul o‘rgatildi. Bir yil davomida bir guruh o‘zbek ijodkorlari ingliz tilini B1 darajada o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyihadan ko‘zlangan maqsad o‘zbek adiblari o‘z asarlarini ingliz tiliga tarjima qilishlari va bu orqali jahonning yirik ijodiy tanlovlarida ishtirok etishlari uchun imkon yaratish, o‘zbek ijodkorlarini xorijlik salaflari bilan yanada yaqinlashtirishdan iborat. 

Shubhasiz, badiiy tarjima sohasida oldimizda turgan vazifalar talaygina. Jahon adabiyotining durdona asarlarini ona tilimizga, o‘zbek adiblari asarlarini chet tillariga tarjima qilish juda muhim ekanligini axborot asrida ko‘rib turibmiz. Mashina tarjimasi jadal takomillashib borishi fonida badiiy tarjimaning qadri yanada ortdi. Chunki hech qanday sun’iy intellekt badiiy tarjimani amalga oshira olmas ekan, badiiy tarjimada ruh, qalb bor, uni faqat katta iste’dod va mahoratga ega ijodkor-tarjimonlargina uddalay oladi. 

– Mazmunli suhbat uchun tashakkur!

O‘zA muxbiri N.Usmonova yozib oldi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shuhrat Sirojiddinov: «Badiiy tarjima yozuvchilik, shoirlik, dramaturglikdan ham qiyinroq»