8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida taxminan 400 million donadan ortiq gul xarid qilinar ekan. Ushbu tabiat in’omi mehr-muhabbat, e’tibor va go‘zallik ramzidir. O‘zbekistonda ham bayram arafasida gullar importi bir muncha ortadi. Turli navdagi o‘simliklar asosan Italiya, Turkiya va Xitoy kabi davlatlardan import qilinadi. Ularning fitosanitar nazorati ham muhimdir.

Shu kunlarda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ish qizg‘in. Deyarli har kuni 600 taga yaqin namuna ekspertiza uchun olib kelinadi. Ularning yarmini xonaki gullar va guldasta tayyorlash uchun boshqa turdagi o‘simliklar tashkil etadi. 

Gullar importida fitosanitar xavfsizlikka bejizga e’tibor qaratilmaydi. Sababi o‘simliklar orasida zamburug‘lar, bakteriologik va virusli kasalliklar hamda begona o‘tlar tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Shu bois nafaqat gullar, ularning barglari va ildizlari, xattoki tuproq ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Asosan guldastalar tayyorlash uchun olib kiriladigan gullar fitosanitar xavfi past mahsulot hisoblangani uchun ularning ko‘rigi laboratoriyada amalga oshirilmaydi. Bunday mahsulotning nazorati taxminan 15 daqiqa davom etib, karantin inspektori tomonidan xulosa beriladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zYMyhog3GPc" title="Shu kunlarda gullar importi bir muncha oshgan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shu kunlarda gullar importi bir muncha oshgan (+video)