Shri-Lankaning sobiq yetakchisi Ranil Vikramasingx “davlat mablag‘ini noto‘g‘ri ishlatish”da ayblanib, qo‘lga olindi, dedi politsiyaning yuqori martabali tergovchisiga tayanib “Arab News”.

– Vikramasingx 2023 yil sentyabrda, davlat rahbari bo‘lib ishlagan payti rafiqasi Britaniya universitetida o‘tkazilgan marosimda ishtirok etishi uchun Londonga borgani yuzasidan so‘roq qilinishi natijasida ushlandi, – dedi zobit.

U sobiq rahbar shaxsiy manfaat uchun davlat resursidan foydalanishda ayblanayotganini qo‘shimcha qildi.

Gap shundaki, Vikramasingx 2023 yil Gavanada G77 sammitidan qaytayotib, Londonda to‘xtagan va rafiqasi Maytri Vulverxempton universitetidagi marosimda ishtirok etgan.

Sobiq yetakchi ta’kidlashicha, rafiqasi sayohat xarajatini o‘zi to‘lagan va hech qanday davlat mablag‘ini ishlatmagan.

Politsiya esa jinoyat qidiruv departamenti sobiq mulozim shaxsiy sayohati uchun, hatto, tan soqchilariga ham davlat mablag‘idan foydalanganini aytdi.

Vikramasingx 2022 yil iyulidan avvalgi davlat rahbari Gotabaya Rajapaksaning qolgan muddatiga Prezident bo‘ldi. Korrupsiya va noto‘g‘ri boshqaruvda ayblangan Rajapaksa bir necha oylik norozilik namoyishidan keyin iste’foga chiqqandi.

Vikramasingx o‘sha yili mamlakatdagi eng yomon moliyaviy inqirozdan keyin iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yordam bergan rahbar sifatida tilga olinadi.

U o‘tgan yil sentyabr oyidagi prezidentlik saylovida yutqazgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka sobiq Prezidenti hibsga olindi