FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi «Universal horses stable» ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha «Show jumping competition – 2025» musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda chavandozlar 5 ta yo‘nalishda o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. 

Musobaqada avvalo, 105 sm. hamda 120 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Keyingi bellashuvlar 12-14 yoshdagi bolalar, havaskor va razryadga ega bo‘lmagan sportchilar, ilk musobaqada faoliyatini boshlagan otlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Qiziqarli va keskin, murosasiz kurashlarga boy o‘tgan turnirda A’zam Toliboyev, Lochin Tohirjonov, Asalxon Said-Ahmedova, Sultonmuhammad Orziqulov, Muhammaddiyor Rayimjonov kabi chavandozlar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Turnir g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Show jumping competition – 2025» turniri g‘olib va sovrindorlari aniqlandi