Shovotlik kitobxonlar tanlovda g‘olib bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahrida “Zukko kitobxon” tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
Har oyda bir marotaba o‘tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
[gallery-17323]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, birinchi o‘rin Shovot tumani jamoasiga nasib etdi. G‘olib jamoa 6 million 600 ming so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Tuproqqal’a tumani yoshlari ikkinchi hamda Qo‘shko‘pir tumani kitobxonlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Tuproqqal’a tumani vakillariga 4 million 800 ming so‘m va qo‘shko‘pirlik kitobxonlarga 3 million 600 ming so‘m miqdorida pul mukofoti topshirildi.
Ta’kidlash kerak, tanlovda ishtirok etish uchun @kitobxontestbot telegram boti orqali saralash bosqichlarida qatnashish kerak bo‘ladi. Saralashda yuqori natijani qayd etgan ishtirokchilar tuman va shahar miqyosida 1 tadan jamoa tarkibida (jami 13 ta jamoa) ishtirok etadi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA