Bu joriy yilning o‘tgan davrida Xorazm viloyatida aniqlangan 1 ming 653 ta holatdan biri hisoblanadi.

Xorazm viloyati Shovot tumanida Kadastr inspektorlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlarida, «Bo‘yrachi» qishlog‘i «Bog‘bon» mahallasi qishloq xo‘jaligi xaritasining 70q-konturida fuqaro tomonidan 220.0 kv.metr maydonda qurilish ishlari boshlanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasining 3-qismiga ko‘ra «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari, mansabdor shaxslarga esa 300 baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi» fuqaroga tushuntirilgan.

Shundan so‘ng, fuqaro qurilmani o‘z hisobidan bartaraf qilib, yerni asl holatiga qaytargan.

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ruslan O‘razbayevning ma’lum qilishicha, Xorazm viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jami 1653 ta holatda 98,8 gektarga yer maydoni noqonuniy egallab olingani aniqlangan. Shundan, tushuntirish, targ‘ibot va tashviqot tadbirlari natijasida 761 ta holat fuqarolarning o‘z hisobidan bartaraf qilingan, 942 ta holatlar yuzasidan esa sud va prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritilgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shovot tumanida qishloq xo‘jaligi yerida boshlangan noqonuniy qurilish ishlari to‘xtatildi