Shotlandiya Yevroittifoqqa qaytmoqchi
Shotlandiya hukumat rahbari Nikola Sterjen mamlakatning Yevropa ittifoqiga qaytish maqsadini ittifoq rahbariyatiga ma’lum qildi, deyiladi “Rostimees.ee xabarida.
U, shuningdek, Shotlandiyaning Birlashgan qirollikdan mustaqil bo‘lish borasidagi kurashda yetakchi bo‘lishga va’da berib, bu xususdagi huquqiy me’yorlarni ishlab chiqishga chaqirdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Shotlandiyaning Birlashgan qirollik tarkibidan ajralib chiqishi haqidagi gaplar anchadan buyon mavjud.
Hukumat bu borada referendum ham o‘tkazgan, lekin unda aksariyat shotlandlar Birlashgan qirollik tarkibida qolishga ovoz bergandi.