Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekneftgaz“ AJ tasarrufidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda atrof muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“O‘zbekneftgaz“ AJ mas’ul xodimi Gulhayo Ergasheva ma’lum qilganidek, 2024 yil davomida majmuada atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 22,48 foizga qisqartirildi. Qozonxonalar zamonaviy texnologiyalar bilan yangilanib, chang-gaz tozalovchi uskunalar ta’mirlandi.

Shuningdek, Germaniyaning “HORIBA” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kuzatuv punkti orqali havo sifatining doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yildi va bu tizim “O‘zgidromet” agentligiga integratsiya qilinishi rejalashtirilgan.

Suv resurslarini tejash borasida ham samarali choralar ko‘rildi. Past bosimli bug‘ va bug‘ kondensatini qayta ishlash orqali 28 614 metr kub suv, shuningdek, tozalangan maishiy oqova suvlar orqali 79 129 metr kub suv tejaldi. Natijada oqova suvlar miqdori belgilangan me’yordan 36,4 foizga qisqartirildi.

Majmuada sanoat chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha ham ijobiy natijalar qayd etildi. 2024 yilda 1 897,62 tonna chiqindi qayta ishlanib, ikkilamchi mahsulot sifatida sotildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga ko‘pdir.

“Yashil makon“ loyihasi doirasida o‘tgan yil davomida 37 877 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Natijada “Yashil belbog‘” maydoni 496 gektarga yetkazilib, 237 gektar yerda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi.

– 2025 yilda majmuada ekologik tadbirlar yanada kengayishi kutilmoqda. Jumladan, oqova suvlarni chuqur qayta tozalash orqali 1 million metr kub suv resursini tejash, atmosfera havosiga zararli gazlar chiqindisini qisqartirish maqsadida katalizator almashtirish va energiya ishlab chiqarish uchun yangi texnologiyalarni joriy qilish kabi choralar rejalashtirilgan. Ushbu amaliy ishlar nafaqat majmua atrofini, balki umumiy ekologik barqarorlikni yaxshilashga qaratilgan, – dedi Gulhayo Ergasheva.

N.Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdori 22,48 foizga qisqartirildi